Assalomu alaykum!
Qadrli yurtdoshlar!
So'nggi yillarda, barcha sohalar qatori, diniy-ma'rifiy jabhada, xususan, haj va umra tadbirlarini tashkil etish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, fuqarolarimizning muqaddas ziyoratga bo'lgan ehtiyojlarini to'laqonli qondirish maqsadida Rahbariyat ko'rsatmasi va jamoatchilik kengashi qarori asosida Haj va Umra safarlarini tashkil etish yangi bosqichga ko'tarildi.
Hususan, Umra safariga boruvchi ziyoratchilarning sonini belgilash bo'yichakvota olib tashlandi, natijada respublikamizning ayrim hududlarida navbatlar tugatildi, ba'zilarida esa navbatlarining sezilarli darajada kamayishiga erishildi.
“COVID-19” pandemiyasi sababli to'xtatilgan uzoq muddatli tanaffusdan keyin, shu yilning 22 yanvar' kuni ziyoratchilarimizning dastlabki guruhlari Saudiya Arabistoniga Umra safariga jo'natilgan edi.
Joriy yilning 26 may holatiga ko'ra, 37 mingga yaqin ziyoratchi umra amalini to'liq ado etib, yurtimizga qaytib keldi.
Shuni alohida ta'kidlash lozimki, so'nggi yillarda Haj safari bilan bog'liq tashkiliy va xizmat ko'rsatish yo'nalishidagi ishlar ham tubdan yaxshilandi va takomillashtirildi.
Shu yilning 3-7 may kunlari Din ishlari bo'yicha qo'mita, O'zbekiston musulmonlari idorasi va hamkor tashkilotlar vakillaridan iborat Ishchi guruhi“Haj-2022” tadbirini tashkil etish mexanizmi va bozorlarni o'rganish maqsadida Saudiya Arabistoni qirolligiga xizmat safarini amalga oshirdi.
Safar davomida Ishchi guruh a'zolari “Haj-2022” mavsumida Makka va Madina shaharlarida ziyoratchilarimiz uchun xizmat ko'rsatishga mo'ljallangan mehmonxonalarni ko'zdan kechirdilar. Shuningdek, Mino, Arafot, Muzdalifa manzillarida bo'lib, u erlardagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Endi esa, “Haj-2022” masumi bilan bog'liq muhim yangilik va ma'lumotlarga to'xtalamiz.
Saudiya Arabistoni tomoni bilan olib borilgan muzokaralardan so'ng joriy yil O'zbekiston fuqarolari uchun umumiy haj kvotasi 10 865 nafar etib belgilandi. Ma'lumot uchun, 2019 yilda bu ko'rsatkich 7 200 nafarni tashkil etgan edi.
Yana shuni alohida ta'kidlash kerakki, joriy haj mavsumi uchun hajkvotasining oshirilgani, shubhasiz, yurtimiz ziyoratchilari uchun juda katta xushxabar bo'ldi.
Qadrli yurtdoshlar!
O'rganishlar Saudiya hukumati tomonidan haj safari narxiga ta'sir qiluvchi qo'shimcha soliq va majburiy to'lovlar joriy qilinganini ko'rsatmoqda. Jumladan, kommunal, transport, elektr-energiya va boshqa xizmatlar uchun to'lovlar miqdori bir necha baravar (30-40 foiz) oshgan. Shuningdek, haj amallarini tashkil etuvchi muassasalarning xizmatlariga 2022 yildayangi majburiy to'lovlar joriy etilgan.
Qayd etilgan o'zgarishlar natijasida dunyo mamlakatlari
uchun haj xizmatlari narxi o'rtacha 40-45 foizga ko'tarilgani
ma'lum bo'ldi.
Shularni inobatga olib, “Haj-2022” mavsumi uchun 1 nafar ziyoratchiga to'lov miqdori, Jamoatchilik kengashining qaroriga asosan, 62 million 900 ming so'm so'm etib belgilandi.
Yana bir muhim eslatma – haj tadbiri shartnomalari Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligining “Haj elektronportali” orqali belgilangan tartibda amalga oshirildi.
Aziz yurtdoshlar!
Saudiya hukumati tomonidan bu yilgi haj ibodatini ado etish uchun xorijiy va mahalliy fuqarolarga quyidagi talablar e'lon qilinganini ma'lum qilamiz:
Birinchidan, Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va umra vazirligi tomonidan qo'yilgan qat'iy karantin talabga ko'ra, “Haj-2022” mavsumida ishtirok etish yosh chegarasi 65 yoshgacha etib belgilandi. Ushbu yosh chegarasiga 1957 yil 30 iyun' kunigacha tug'ilgan insonlar kiradi.
Kezi kelganda, shuni alohida ta'kidlash lozimki, yosh chegarasi bilan bog'liq mazkur tartib – O'zbekiston tomonining emas, balki Saudiya Arabistonining qat'iy talabi hisoblanadi.
Ikkinchidan, bo'lajak hojilar Saudiya Arabistoni Podshohligi Sog'liqni saqlash vazirligi talabiga ko'ra, Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tomonidan tasdiqlangan Pfizer/BioNTech (AQSh-Hitoy), Oxford-AstraZeneca (Buyuk Britaniya-Shvetsiya), Moderna (AQSh) va Johnson & Johnson (AQSh) vaktsinalarining to'liq dozasini qabul qilgan bo'lishlari shart;
Uchinchidan, barcha ziyoratchilar Saudiya Arabistoni Sog'liqni saqlash vazirligi talabiga ko'ra, meningitga qarshi 4 valentlivaktsinani qabul qilgan bo'lishi zarur;
To'rtinchidan, barcha fuqarolar Saudiya Arabistoniga kirishdan
72 soat oldin koronavirus diagnostikasi haqida salbiy natijali PZR ma'lumotnomani taqdim etishlari lozim.
Eslatib o'tamiz!
Yurtimiz ziyoratchilari shu yilning 18-30 iyun' kunlari Toshkent-Madina,Buxoro-Madina, Namangan-Madina, Samarqand-Madina, Qarshi-Madina, Urganch-Madina, Nukus-Madina yo'nalishlari bo'yicha haj safariga kuzatiladi va xuddi shu yo'nalishlar bo'yicha 14-31 iyul' kunlari yurtimizga qaytib keladilar.
Ma'lumot uchun, ziyoratchilarimiz Madina shahrida “Masjidi Nabaviy”dan 100 metr uzoqlikda joylashgan 5 yulduzli “Zam-zam Pullman” va “Kraun Plaza” mehmonxonalarida, Makka shahrida esa “Abroj al-Hidoya” mehmonxonasida istiqomat qiladilar.
Haj mavsumida o'zbekistonlik ziyoratchilarga xizmat ko'rsatish hamda ibodatlarni emin-erkin va to'la-to'kis amalga oshirishlari uchun soha mutaxassislaridan iborat Ishchi guruhi, shifokorlar va guruh rahbarlari jalb etiladi.
Ziyoratchilarimizga nafaqat mehmonxona balki, Mino-Muzdalifa-Arafot manzillarida ham uch mahal issiq ovqat tortiq etiladi hamda bepul tibbiy xizmat ko'rsatish ta'minlanadi.
Qadrli yurtdoshlar, aziz ziyoratchilar!
“Haj-2022” mavsumi numunali va tartibli, chiroyli va ko'ngildagidek o'tishini, Haj safariga otlanayotgan yurtdoshlarimizning safarlari bexatar, ibodat va duolari mukammal, duolari mustajob bo'lishini tilab qolamiz.
E'tiboringiz uchun rahmat!
F.Abduxoliqov mamlakatimiz nomidan JMLning islom olamidagi sa’y-harakati, xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini e’tirof etdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti qarorgohida o‘tkazilgan Xalqaro islomofobiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan birinchi xalqaro tadbirda Bosh kotib musulmon xalqlari vakili sifatida qilgan ma’ruzasini yuqori baholadi.
Muharrama Pirmatova, O‘zA