Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Noyabr, 2026   |   15 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:59
Quyosh
07:18
Peshin
12:15
Asr
15:16
Shom
17:00
Xufton
18:17
Bismillah
25 Noyabr, 2026, 15 Jumadul soni, 1448

So'nggi maktub

20.12.2023   1976   2 min.
So'nggi maktub

Afsus...

Kunlarning birida telefonimga do'stimdan maktub keldi. Bu xabar meni qattiq ta'sirlantirdi. Keling, uni sizga ham o'qib bersam.

Assalomu alaykum, do'stim Tavfiq. Ehtimol, bu mening senga yozayotgan eng oxirgi xatimdir. Hozir men oxirgi nafasimni kutmoqdaman. Yaqinlarim orasida senga xat yozishga qaror qildim. Chunki yozganlarimni dars berayotganingda talabalarga o'qib berasan deb umid qilaman.

Sen bilan anchadan beri tanishmiz. Sen mening eng yaqin do'stimsan.

Do'stim, hayotim o'z nihoyasiga etayotgan soniyalarda qattiq pushaymondaman. Shifokorlar menga oshqozon osti bezi saratoni tashhisini qo'ydilar. Ularning aytishicha, men so'nggi kunlarimni yashayotgan ekanman. O'lim farishtasini kutib yotar ekanman, hayolimda faqat bitta so'z qayta-qayta aylanmoqda. Bu so'z: afsus, afsus....

Men sog'lom vaqtimda qilmagan barcha ishlarimga endi qattiq afsus chekmoqdaman.

Qur'on o'qishni o'rganaman deb niyat qilgandim, lekin o'rganmadim.

Umraga boraman derdim, ammo bormadim.

Onamni quchoqlab, yuzlaridan o'pishni xohlardim, hech bo'lmasa shu ishni ham qilmadim.

Farzandlarim solih inson bo'lishlari uchun, ularga ta'lim-tarbiya berishni istardim, lekin ming afsuski ular bilan shug'ullanmadim.

Yana Ramazon oyida ro'za tutishni xohlardim, ammo endi bu oygacha yashay olmas ekanman.

Qaniydi, hozir Ka'baning oldida bo'lib qolsam edi... endi buning iloji yo'q.

Qur'ondan ko'p suralar yodlashni niyat qilardim, ammo Fotiha va yana bir, ikkita kichik suralardan boshqasini bilmayman.

Vafot etganimdan keyin sendan boshqa hech kim meni eslamaydi. Balki oilam agar merosimni bo'lib olishsa va vaqtlari bo'lsa eslashar. Do'stlarim ham meni tashlab ketishgan.

Afsus, bu dunyoda o'zimdan birorta yaxshilik qoldirmayapman. Allohga qasamki, mendan faqatgina erga yana bir qabr qo'shiladi, xolos.

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Qardosh muftiylar hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qildilar

25.11.2026   1755   1 min.
Qardosh muftiylar hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qildilar

Turkiya safar davomida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari va Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi raisi, professor, doktor Safiy Arpagush o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot avvalida Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari mezbonni Fatvo kengashlarining xalqaro maslahat yig‘ilishi yuksak saviyada va muvaffaqiyatli o‘tgani bilan muborakbod etdilar.

Muftiy hazratlari ikki qardosh mamlakat rahbarlarining sa’y-harakatlari tufayli o‘zaro hamkorlik munosabatlari tobora kengayib, ayniqsa, ulamolar o‘rtasidagi aloqalar yangi bosqichga ko‘tarilganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Shuningdek, mazkur nufuzli anjuman musulmon ummati oldida turgan dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun muhim muloqot maydoni bo‘lgani, unda qabul qilingan bayonot va tavsiyalar barcha musulmon xalqlari uchun manfaatli bo‘lishi ta’kidlandi.

O‘z navbatida, professor, doktor Safiy Arpagush O‘zbekiston muftiysining xalqaro yig‘ilishdagi faol ishtiroki va sermazmun nutqi uchun katta minnatdorlik izhor etdi.

Ushbu maslahat yig‘ilishi ummat birligini mustahkamlash va zamonaviy muammolarga jamoaviy ijtihod asosida mo‘tadil yechim topishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlar ekan, hamkorlikda fatvolar ishlab chiqishni rivojlantirish, ularda ijtimoiy voqelikni hisobga olish, axborot asridagi fatvo tarqoqligining oldini olish maqsadida raqamli maydonda rasmiy fatvolarni keng yoyish hamda sun’iy intellektdan faqat tadqiqot vositasi sifatida foydalanib, uni fatvo berish manbaiga aylantirmaslik zarurligini alohida bayon etdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

 

O'zbekiston yangiliklari