Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Noyabr, 2026   |   15 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:59
Quyosh
07:18
Peshin
12:15
Asr
15:16
Shom
17:00
Xufton
18:17
Bismillah
25 Noyabr, 2026, 15 Jumadul soni, 1448

Rost va'dalar daftari

20.12.2023   1618   2 min.
Rost va'dalar daftari

Yoshligimizdan moddiy sharoiti kamtarona oilada katta bo'ldik. Padari buzrukvorimiz oddiygina xizmatchi bo'lsalar ham, aytgan narsamizni olib berishga harakat qilardilar. Agar biz so'ragan narsaga ayni vaqtda pullari yo'q bo'lsa, “Bolajonim, hozir bu narsaga pulim etmas ekan, inshaalloh, oyligimni olsam, olib beraman xo'pmi”, derdilar.

Ajoyib tarafi shunda ediki, otam olib beraman degan narsalarini hech qachon esdan chiqarmasdilar. Oylik olsalar yoki qo'llariga qayoqdandir etarli miqdorda pul kelsa, aytgan narsamizni albatta olib berardilar. Biz farzandlar dadamga aytgan nasrsamiz hatto esimizdan chiqib ketardi. Lekin dadam imkonlari bo'lganda ikki-uch oy keyin bo'lsa ham o'sha narsalari olib kelib berardilar. Biz bundan juda mamnun bo'lardik. Bizga bu bir kutilmagan sovg'a kabi bo'lardi. Hammaning “byurtma”si dadamning yodida turishiga qoyil qolardik.

Buning sirini dadam vafot etganlaridan so'ng bildik. Men dadamning shaxsiy narsalari turadigan tortmadan bir daftarcha topib oldim. Otam o'sha daftarga biz olib bering degan narsalarimizning hammasini yozib borar, keyin o'sha daftarga qarab imkonlari bo'lganda tartib bilan hammamizning aytgna narsamizni olib berar ekanlar. daftarcha biz aytgan qo'g'irchoqlaru shirinliklar nomi bilan to'la edi. Hatto aytgna kunlarimiz sanasini ham qayd qilib borar ekanlar. olib berganlarini belgilab ham qo'yarkanlar. Dadamni dafn qilib kelganimizdan so'ng daftarni jigarlarimga ham ko'rsatdim. Barchamiz eski xotiralarimizni yodga soladigan dadamizning bu ajib daftarlarini yig'lab o'qidik. “Falon qizim falon qo'g'irchoq so'radi, falon o'g'lim falon shirinlik so'radi” degan yozuvlarni ovoz chiqarib o'qib berar ekanman. Har safar o'zimning aytgan narsalarim zikri kelganda bo'g'zimga nimadir tiqilib qolar, ovozim chiqmas edi. Bu daftarning nomi rost va'dalar daftari edi. Otamni Alloh rahmatiga olgan bo'lsin!

Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu'tining

“Farzand tarbiyasida 700 ta saboq” kitobidan

G'iyosiddin Habibulloh, Kamronbek Islom tarjimasi.

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Qardosh muftiylar hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qildilar

25.11.2026   694   1 min.
Qardosh muftiylar hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qildilar

Turkiya safar davomida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari va Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi raisi, professor, doktor Safiy Arpagush o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot avvalida Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari mezbonni Fatvo kengashlarining xalqaro maslahat yig‘ilishi yuksak saviyada va muvaffaqiyatli o‘tgani bilan muborakbod etdilar.

Muftiy hazratlari ikki qardosh mamlakat rahbarlarining sa’y-harakatlari tufayli o‘zaro hamkorlik munosabatlari tobora kengayib, ayniqsa, ulamolar o‘rtasidagi aloqalar yangi bosqichga ko‘tarilganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Shuningdek, mazkur nufuzli anjuman musulmon ummati oldida turgan dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun muhim muloqot maydoni bo‘lgani, unda qabul qilingan bayonot va tavsiyalar barcha musulmon xalqlari uchun manfaatli bo‘lishi ta’kidlandi.

O‘z navbatida, professor, doktor Safiy Arpagush O‘zbekiston muftiysining xalqaro yig‘ilishdagi faol ishtiroki va sermazmun nutqi uchun katta minnatdorlik izhor etdi.

Ushbu maslahat yig‘ilishi ummat birligini mustahkamlash va zamonaviy muammolarga jamoaviy ijtihod asosida mo‘tadil yechim topishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlar ekan, hamkorlikda fatvolar ishlab chiqishni rivojlantirish, ularda ijtimoiy voqelikni hisobga olish, axborot asridagi fatvo tarqoqligining oldini olish maqsadida raqamli maydonda rasmiy fatvolarni keng yoyish hamda sun’iy intellektdan faqat tadqiqot vositasi sifatida foydalanib, uni fatvo berish manbaiga aylantirmaslik zarurligini alohida bayon etdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

 

O'zbekiston yangiliklari