? Bugun, 27 may kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari juma namozini mo'min-musulmonlar bilan birga ado etish va mav'iza qilish uchun Toshkent shahar Olmazor tumanidagi "Imom Termiziy" jomesiga tashrif qiladilar.
? Juma namozidan avval go'zal qiroat va Muftiy hazratlarining fayzli suhbatlaridan bahramand bo'lamiz, insha Alloh.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
#Muftiy
Muslim.uz
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Alloh taolo aytadi: "Ularni (Allohning) O‘zi ularga tanitgan jannatga kiritur" (Muhammad surasi, 6-oyat).
Imom Tabariy rahimahulloh: "Jannat ahli jannatdagi uylarini tanib olishadi. Hatto bir kishi jannatda o‘z uyiga dunyodagi uyiga kelgani kabi borib oladi", dedi.
Ibn Kasir rahmatullohi alayhi: "Ya’ni, ular jannatda o‘z manzillarini oson topadilar", dedi.
Imom Qurtubiy rahimahulloh: "Bu oyat mo‘minlarga berilgan ulug‘ bir mujdadir. Chunki dunyoda ular sabr qildilar, iymonlarini mustahkam tutdilar. Endi jannatda o‘z makonlarini Allohning hidoyati bilan osongina topadilar. Bu Allohning ularga lutfidir", dedi.
Alloh taolo mo‘minlar va taqvodorlarni O‘zi ularga tavsiflab, ta’riflab bergan jannatga kiritadi. Bu jannat ular uchun avvaldan tayyorlangan va ular unda o‘z manzillarini xuddi dunyodagi uylarini bilgandek, osongina topadilar.