26 may kuni soat ⏰19:00 da
Toshkent islom institutining hadis ilmi ustozi va ijoza sohibi – Jaloliddin domla Hamroqulovning ilm va odobga oid hadislar haqidagi suhbatlarining navbatdagi soni bo'lib o'tadi.
Mashg'ulotda o'tgan mavzuga oid savollar beriladi. Jonli efirni kuzatayotganlar orasidan ushbu savollarning javobini @OnlineHadisBot botiga to'g'ri va tezkor jo'natgan dastlabki uch kishiga kitoblar tuhfa etiladi.
Quyidagi ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali navbatdagi suhbatni kuzating!
Youtube orqali tomosha qilish (https://www.youtube.com/channel/UCQGFSBrqwBCKY5SYk_6wm7A)
Facebook orqali tomosha qilish (https://www.facebook.com/muslimuzportal/?ref=pages_you_manage)
Instagram orqali tomosha qilish (https://www.instagram.com/muslimuzportali/)
Telegram voice orqali eshitish
(https://t.me/muslimuzportal?voicechat)? ITV orqali tomosha qilish (https://itv.uz/#!/concert/34) (tas-ix)
#HADIS #JONLI #ONLAYN
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bugun, 27 yanvar kuni, “Qur’on va tajvidni o‘rgatish” bo‘limida navbatdagi amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulotni bo‘lim boshlig‘i Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum olib bordi.
Darslarda Toshkent Islom instituti va “Ko‘kaldosh” O‘MITM qoshidagi “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kurslari filiallari o‘qituvchilari hamda mazkur ta’lim dargohlarining ustozlari ishtirok etdi.
Mashg‘ulot davomida har bir tinglovchining azon va iqoma bo‘yicha mahorati yakka tartibda tinglanib, zarur tavsiyalar berildi. Yakunlangach, ishtirokchilarga azon va iqoma bo‘yicha ijoza guvohnomalarini topshirish rejalashtirilgan.
Al-Quran.uz