– O'zbekistonda shakllangan diniy bag'rikenglik mohiyatini tushunish uchun quyidagi asosiy jihatlarga e'tibor qaratish lozim:
Birinchidan, o'zbek xalqi o'z aslini, tarixini yaxshi biladi, urf-odat va an'analari, qadriyatini hurmat qiladi va e'zozlaydi;
Ikkinchidan, bu el ming yillar davomida ma'rifatli muhitda yashab, o'z ajdodlari asarlari orqali Islom dinini o'rganib keladi;
Uchinchidan, barcha dinlarga nisbatan bag'rikenglik va hurmat bilan munosabatda bo'lish o'zbeklarning qoniga singib ketgan fazilat bo'lib, ming yillar davomida islom dinining ajralmas qismiga aylangan.
Shu bois biz doimo do'st, hamjihat bo'lib, ahil yashashimiz kerakligini anglab etishimiz lozim.
Kris SAYPL,
AQSh Global jalb qilish instituti faxriy prezidenti
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bolalar bilan shunday gaplashar edilarki, ular o‘zlarini xuddi kattalardek his etishardi. Ammo ayrim odamlar bolalar bilan kulgili tovushlar chiqarib o‘ynashadi. Ba’zan ko‘chadagi bolalar bilan ham ularning jig‘iga tegib, o‘zlari qochib ketmaguncha hazillashadilar.
Hatto 10 yoshar bolani yuzlarini chimchilab xuddi go‘dakka o‘xshab kulishini kutamiz. Bunday erkalashlarda bola o‘zini kattalardek his qilmaydi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ibn Abbos bilan suhbatlashganda, unga nimalarni aytganlarini bilasizmi? U zot sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: “Ey bolakay! Men senga kalimalarni o‘rgataman. Allohni(ng buyrug‘u qaytariqlarini) muhofaza qilgin, shunda U Zot seni muhofaza qiladi. Allohni muhofaza qilsang, U Zotni ro‘parangda topasan.
So‘ramoqchi bo‘lsang, Allohdan so‘ra. Ko‘mak istamoqchi bo‘lsang, Allohdan ista. Bilki, agar butun ummat (mahluqotlar) senga biror manfaat berish uchun jamlansa ham, Alloh senga yozgan narsadan boshqasini bera olmaydi. Agar ularning hammasi senga biror zarar yetkazish uchun jamlansa ham, Alloh senga yozgan narsadan boshqasini yetkaza olmaydi”.
Ushbu muborak hadis Ibn Abbos roziyallohu anhu orqali bizgacha yetib keldi. Bu go‘zal so‘zlarni Ibn Abbos roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan tinglaganlarida bor yo‘g‘i 9 yoshda edilar.
Davron NURMUHAMMAD