Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Iyul, 2025   |   25 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:29
Quyosh
05:07
Peshin
12:34
Asr
17:38
Shom
19:55
Xufton
21:26
Bismillah
20 Iyul, 2025, 25 Muharram, 1447

Dinda savolim bor: "O'rgimchak tushgan suvni to'kib yuborish kerak" degan gaplar to'g'rimi?

24.05.2022   2443   2 min.
Dinda savolim bor:

— Halq orasida: “O'rgimchak (shu jumladan chayon) tushgan suvni agar u suv to'la idishga tushgan bo'lsa, butunlay hammasini to'kib tashlash kerak, it yalagan suvni ichib bo'lmaydi, kaltakesak odam terisiga tegsa, 40 marta yuvinish kerak, degan gaplar bor. Shular rostmi?

Bu gapning qayerdan kelib chiqqani noma'lum. Jumhur ulamolar, shu jumladan hanafiylar ham o'rgimchak, ari, suvarak va kapalaklar singari qonsiz hasharotlar idishdagi suv yoki taomga tushsa, hatto taomning qaynoqligi sabab o'lsa ham, suv yoki taomni najosat qilmaydi, deyishgan. Shuningdek, bu kabi hasharotlar tushgan suvni ichish yoki tahorat va g'usl kabi ibodatlar uchun ishlatish ham joiz. Bunga Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisdagi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagi hadislari dalil bo'ladi: “Agar birontangizning ichimligiga pashsha tushgudek bo'lsa, pashshaning hammasini botirib, so'ng olib tashlasin. Zero, uning bir qanotida kasallik bo'lsa, bir qanotida davo bor” (Imom Buxoriy rivoyati).

Ulamolar bunday deydilar: “Ushbu hadis agar suvga yoki biron suyuqlikka pashsha tushib, o'lsa, uni najosat qilmasligiga nihoyatda ochiq dalildir. Bu aksar ulamolar, shu jumladan hanafiylarning ham fikridir. Alloma Ibn Nujaym: “Pashsha to'g'risidagi mazkur hukm asalari, o'rgimchak va shu kabi oqar qoni mavjud bo'lmagan hasharotlarga ham tegishli bo'ladi”, degan (Bahrur-roiq).

Ibn Qudoma shunday deydi: “Agar pashsha, chayon, qo'ng'iz va shunga o'xshash oqar qoni bo'lmagan hasharotlar ozgina suvga tushib, o'lsa, suvni najosat qilmaydi” (Al-mug'niy).

Lekin kishi o'z tabiatidan kelib chiqib, chayon yoki shunga o'xshash hasharot tushgan ichimlikni iste'mol qilish yoxud undan foydalanishni istamasa ixtiyori o'zida.

 

Muhammad Ayyub domla Homidov

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Nima uchun Allohga hamd aytishim kerak?

16.07.2025   4597   2 min.
Nima uchun Allohga hamd aytishim kerak?

Osmonlaru yerni yaratgan  Zotning qarshisiga ma’siyatlar ila chiqa ko‘rmang, g‘azabiga toqatingiz, iqobiga sabringiz va azobiga qudratingiz yetmaydi.

Doktor Abdul Muhsin Ahmad o‘zining bir qarindoshi bilan bo‘lgan voqeani aytib berdi. Voqeaga ko‘ra bir yigit ukasiga doim “Allohga hamd aytgin” desa, ukasi: “Nima uchun Allohga hamd aytishim kerak?” – der, Yaratganga bo‘yin eggisi kelmasdi.

Axir uning bu gapini olamlar Rabbi bo‘lgan Zot eshitib turibdi! Alloh uni ikki oyog‘i bilan yurg‘izib qo‘yibdi, qancha odamlar yura olishmaydi. Necha-necha insonlar ko‘rish ne’matidan mosuvo bo‘lganida, uning ko‘zlari ko‘rib turibdi.

Vaqt o‘tib yigit avtohalokatga uchraydi. Uning a’zolari qattiq shikastlanadi. Operatsiyadan so‘ng doktor Abdul Muhsin Ahmad uni bir umr nogiron bo‘lib qolganligini, tanasining yarmi ishlamasligini, aniqrog‘i, bir o‘limdan qolganligini aytadi.

Alloh buyuk! Uning ne’matlari cheksiz. Biz bandalar doim shukrda bo‘lmog‘imiz lozim. Zero, Alloh taolo aytadi: «...Albatta, Uning ushlashi alamli va shiddatlidir»[1].

Tasavvur qiling, bordi-yu, siz do‘zaxiylardan bo‘lsangiz, u yerdagi azobga chiday olasizmi?!  Albatta, yo‘q.

Shunday ekan Allohga tavba qiling! U Zotga xush kelmaydigan ishlardan qayting. Solih amallar ila Rabbingizga yaqinlashing.

Alloh bergan ne’matlarga shukr qiling. Gunoh va ma’siyatning kichikligiga qaramang. Allohning buyukligini nazaringizdan qochirmang. 

Alloh buyuk! U Zot sizni kutilmaganda ushlamasidan avval qalbingizni qo‘rquv ila to‘ldiring. Qazoingiz yaqinlashmasidan avval poklaning.  O‘lim kelgandagi pushaymondan naf yo‘q va buning uchun imkon berilmas...


Hasson Shamsiy Poshoning
“Jannat bo‘stonidagi oilaviy oqshomlar” nomli kitobidan
G‘iyosiddin Habibulloh, Ilhom Ohund, Abdulbosit Abdulvohid tarjimasi.

 


[1]  Hud surasi, 102-oyat.