Yangiliklar
“Umra – 2025/2026” mavsumi uchun nimcha va sumka tayyorlash bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi
14.07.2025
580
2 min.
I. Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
- Tanlovda ishtirok etish bo‘yicha xat;
- Korxona guvohnomasi va rahbarining pasport nusxasi;
- Bankdan K-2 shaklidagi ma’lumotnoma;
- Erkak va ayollar uchun bittadan nimcha namunasi;
- Tijorat taklifi;
- Korxonaning so‘nggi bir yilda bankdagi pul mablag‘lari aylanmasi haqida ma’lumot;
- Bog‘lanish uchun telefon raqam.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq zarurat bo‘lsa, qo‘shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin.
II. Mahsulotlar (erkaklar va ayollar nimchasi) uchun qo‘yilgan talablar:
- Nimcha 50, 52, 54, 56 va 58 o‘lchamlarda tikilishi;
- Nimchalarning oldi tugmali bo‘lishi;
- Nimchaning orqa tomoni tepasida O‘zbekiston bayrog‘i tushirilgan bo‘lishi;
- Nimchaning orqa tomoni (bayroq tepasida) qismida lotin harflarida “UZBEKISTAN” yozuvi bo‘lishi;
- Bir dona nimcha og‘irligi 190-220 gramm zichlikda bo‘lishi;
- Nimchalar moviy (och ko‘k) rangda bo‘lishi;
- Ikki yonida cho‘ntak bo‘lishi;
- Old yuqori chap cho‘ntak ustida O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Haj” va “Umra” markazining logotipi bo‘lishi.
III. Mahsulotlar (erkaklar va ayollar sumkasi) uchun qo‘yilgan talablar:
- Yorqin rangda bo‘lishi;
- Sumkaning og‘irligi 250-280 gramm zichlikdagi matodan bo‘lishi;
- Yon tomonda suv idish uchun cho‘ntak bo‘lishi;
- Oldi tomondan O‘zbekiston bayrog‘i va lotin harflarida “UZBEKISTAN” yozuvi bo‘lishi;
- Oldi tomonda shaxsiy ma’lumotlar uchun shaffof cho‘ntak bo‘lishi.
Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan korxona va tashkilotlar 2025 yil 1 avgust kuniga qadar yuqoridagi talablar asosida hujjatlarni O‘zbekiston musulmonlari idorasiga taqdim etishlari mumkin.
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qorasaroy ko‘chasi, 47-uy. Telefon: 71-240-04-75, 98-140-04-75
MА`LUMOTNI IJTIMOIY TАRMOQLАRDА ULАSHING