Sayt test holatida ishlamoqda!
05 Avgust, 2026   |   22 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:50
Quyosh
05:18
Peshin
12:34
Asr
17:29
Shom
19:40
Xufton
21:10
Bismillah
05 Avgust, 2026, 22 Safar, 1448

Jannat darajalari

21.05.2022   4741   2 min.
Jannat darajalari

Mo'min kishi jannatning ham, do'zaxning ham haq ekanligiga ishonishi kerak. Oyati karimalarda ham jannatlar vasf qilingan. Misol uchun:
«Albatta, imon keltirgan va ezgu ishlarni qilgan zotlar uchun Firdavs bog'lari manzil bo'lur» (Kahf surasi, 107-oyat).
Shuningdek, Al-Haqqo surasining 21–22-oyatlarida:
«Bas, u qoniqarli maishatda, oliy jannatda...», deb marhamat qilingan. Demak, Alloh taolo mo'min, muxlis bandalariga oliy jannatlarni tayyorlab qo'ygan.


Hadisi shariflarda ham jannatlarning darajalari bayon etilgan. Rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan jannat daraxtlari haqida so'rashdi. U zot: “Jannat daraxtlarining barglari to'kilmaydi, shoxlari qurimaydi, g'ovlab ham ketmaydi”, dedilar.


Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Nabiy sollallohu alayhi va sallam marhmat qildilar:
«Jannatda shunday daraxt borki, ulovdagi kishi uning bir yaprog'i soyasida yuz yil yursa ham tugamaydi”, dedilar va: “Agar xohlasangiz: “..yoyiq soya (osti)da,” oyatini tilovat qiling” dedilar» (Imom Dorimiy rivoyati).


Jannatdagi eng ulkan daraxt nomi “Tubo” bo'lib, asli durdan, o'rtasi yoqutdan, eng yuqorisi tilladandir. Shoxlari zabarjaddan, yaproqlari shoyidan bo'ilb, uning mingta shoxi bor. Eng uzun shoxi Arshning shiftiga yopishib turadi, eng kaltasi esa dunyo osmoniga tegib turadi.


Jannatning xonasi ham, gumbazi ham yo'q. Lekin unda solib turuvchi daraxt shoxlari bor. Unda shunday mevalar borki, ularning ta'mini dunyoda topish qiyin. Ular xuddi quyoshga o'xshaydi. Quyosh osmonda tanho bo'lsa-da, lekin uning ziyosi butun er yuzini nurafshon qiladi.


Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytadi: «Jannatning sakkizta eshigi bor. U eshiklar tillodan bo'lib, gavharlar qadalgandir. Avvalgi eshikda “Laa ilaha illallohu Muhammadur Rasululloh”, deb yozilgan bo'lib, u payg'ambarlar, shahidlar, saxiylarning eshigidir. Ikkinchisi namozlari va tahoratlarini komil qilguvchi namozxonlarning eshigi, uchinchisi mollari zakotini berguvchilarning eshigidir. To'rtinchisi ro'zadorlar, beshinchisi amri ma'ruf va nahiy munkar qilguvchilar kiradigan eshik, oltinchisi haj va umra qilguvchilarning eshigidir. Yettinchisidan mujohidlar, sakkizinchisidan ko'zlarini haromdan tiyguvchilar hamda silai rahm va ota-­onalariga ezgulik qilish kabi solih amallar qilguvchilar kirishadi».

"Musulmon uchun 30 va'z" kitobidan

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘zbekiston Prezidenti I darajali “Manas” ordeni bilan taqdirlandi

04.08.2026   4842   1 min.
O‘zbekiston Prezidenti I darajali “Manas” ordeni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni I darajali “Manas” ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qirg‘iz Respublikasining yuksak mukofotini davlatimiz rahbariga Prezident Sadir Japarov topshirdi.

O‘zbekiston yetakchisi qardosh Qirg‘iziston Prezidenti va xalqiga chuqur minnatdorlik bildirib, ushbu mukofotni ikki xalq o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalarini mustahkamlash borasidagi birgalikdagi sa’y-harakatlar hamda O‘zbekiston va Qirg‘iziston munosabatlarini yangi tarixiy bosqich – ittifoqchilik darajasiga olib chiqishga qaratilgan mushtarak intilishlarning yuksak e’tirofi sifatida qabul qilishini ta’kidladi.

1996 yilda ta’sis etilgan “Manas” ordeni Qirg‘iz Respublikasining oliy davlat mukofotlaridan biri hisoblanadi. Respublika va xorij fuqarolariga davlatchilik va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, xalqlar o‘rtasida tinchlik, do‘stlik va o‘zaro anglashuv rishtalarini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun beriladi.

https://president.uz/uz/lists/view/9473

O‘zbekiston Prezidenti I darajali “Manas” ordeni bilan taqdirlandi
O'zbekiston yangiliklari