Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Iyul, 2025   |   20 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:22
Quyosh
05:03
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:59
Xufton
21:32
Bismillah
15 Iyul, 2025, 20 Muharram, 1447

Buxoro deklaratsiyasining asosiy qoidalari

20.05.2022   1171   2 min.
Buxoro deklaratsiyasining asosiy qoidalari

Buxoroda o'tkazilayotgan “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumi Toshkent shahri va Samarqandda tashkil etilgan anjumanning uzviy davomi hisoblanadi, deb xabar bermoqda O'zA.

Tadbir O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, AQSh Global jalb qilish instituti, Din ishlari bo'yicha qo'mita, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimliklari hamkorligida o'tkazildi.

Unda Yevropa, Osiyo, Yaqin Sharq, Afrika mamlakatlari va AQSh etakchi din ulamolari, ilohiyotshunoslar, huquqshunoslar va O'zbekiston tomonidan turli konfessiyalar vakillari, din olimlari, ulamolar, tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislari hamda boshqa rasmiy vakillar qatnashdi.

Buxoro deklaratsiyasi “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumining yakuniy hujjati hisoblanadi. Hujjat dunyoning 10 mamlakati etakchi dinshunoslari, islomshunoslari, din va rasmiy vakillari tomonidan tasdiqlanadi.
Buxoro deklaratsiyasida O'zbekiston hamda jahon hamjamiyatining e'tiqod erkinligini targ'ib qilish borasidagi amaliy qadamlari o'z ifodasini topgan. Hujjat barcha din vakillarini jamiyatda konfessiyalararo muloqot va totuvlikni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslar va dasturlarni amalga oshirishga chaqiradi.

Deklaratsiyada insonning asosiy huquqi sifatida e'tiqod erkinligiga qat'iy rioya qilish, BMT Inson huquqlari bo'yicha qo'mitasining faqat jamoat xavfsizligi, tartibi, fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini ta'minlash maqsadida e'tiqod erkinligini cheklashga yo'l qo'ymaslik to'g'risidagi pozitsiyasini ma'qullash, kuchayib borayotgan murosasizlikning, din yoki e'tiqodga asoslangan zo'ravonlik harakatlarining kuchayishini qoralash, axborot makoni, jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda diniy murosasizlik va kamsitish tashviqotini oldini olishga alohida e'tibor qaratilgan.

Bundan tashqari, hujjatda terrorizm, ekstremizm va ularning barcha shakllarida hech qanday din, tsivilizatsiya, millat, etnik guruh yoki e'tiqod tizimi bilan bog'lanishi mumkin emasligi ham bayon etiladi. Diniy binolar, ziyoratgohlarning tarixiy va madaniy ahamiyatini hisobga olgan holda ularni asrab-avaylash muhimligi ta'kidlanadi.

Qayd etish joizki, Buxoro deklaratsiyasi avval qabul qilingan deklaratsiyalarning tamoyillarini o'z ichiga qamrab olgan. Dinlarning tinchliksevar mohiyati, dinlararo muloqotning muhimligi, diniy ta'limning ekstremizm va terrorizmning oldini olish, e'tiqod erkinligini ta'minlashning muhim omili sifatidagi ahamiyati shular jumlasidandir.

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari

14.07.2025   5149   2 min.
Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari

Islomning barcha – beshala ruknini ham bajargan odam chinakam saodatlidir. Ayniqsa, hojilik – alohida mas’uliyat talab etadigan maqom. Bu yil yurtimizdan 15 mingdan ziyodroq fuqaro ana shunday sharafga ega bo‘ldi.

Bu yil yurtimizdan hajga borgan yurtdoshlarimiz Arafot vodiysida muftiy, Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari boshchiliklarida yurtga qaytgach, «Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari bo‘lamiz» degan ezgu tashabbusni ilgari surgan edilar.

Bugun, 14 iyul kuni poytaxtimizdagi «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» jome masjidi majlislar zalida poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan imom-xatiblar, imom noiblari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, Toshkent shahar hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdulvosid Xomitjonov, «Nuroniy« jamg‘armasi Toshkent shahar bo‘limi raisi Rustam Kalonov, Mahallalar uyushmasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig‘i Furqatxo‘ja Mahmudxo‘jayev, Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov ishtirok etdi.

– Hojilarga katta ishonch bildirib, ular ma’naviyat targ‘ibotchilaridir, – deydi DIQ raisi birinchi o‘rinbosari Davron Maxsudov. – Hadisi sharifda: “Insonlarning Alloh taologa eng seviklisi odamlarga ko‘p manfaati yetkazadiganidir” (Imom Tabaroniy rivoyati), deyilgan. Shunday ekan, har bir hojiga o‘z hududidagi imom-xatib ko‘makchi bo‘lib, mahallama-mahalla yurib, aholiga, ayniqsa, yoshlarga pandu nasihatlar qilishlari zarur. Chunki hojilarning so‘zlari ta’sirchan bo‘ladi. Farzandlarimizning turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishining oldini olishda ularning xizmatidan foydalanishimiz kerak. Hojilarimizning sa’y-harakatlari bilan xalqimizning ma’naviyati, ma’rifati yanada oshadi.

Ana shunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali hojilarimiz jamiyatimizdagi mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, yoshlar tarbiyasi va oilalar totuvligida ibrat bo‘lmoqdalar.

Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari
O'zbekiston yangiliklari