— Bolalikda kattalar shunday o'rgatishgani uchunmi, yangi oy chiqqan paytda duo qilar edik. Duoimizda yaxshi niyatlar qilar edik, albatta. Shu ishimiz kichik shirk bo'lmaganmi?
— Yangi oy ko'rilganda duo qilish shirk emas. So'raladigan narsani oydan so'ralmasa bo'ldi.
Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Allohning Nabiysi sollallohu alayhi vasallam qachon hilolni ko'rsalar: “Hilolu xoyrin va rushdin. Hilolu xoyrin va rushdin. Hilolu xoyrin va rushdin” va uch marta “Aamantu billazii xolaqoka”, der edilar. So'ngra “Falon oyni ketkazib, fiston oyni keltirgan Allohga hamd bo'lsin”, der edilar (Imom Abu Dovud rivoyati).
Duoning ma'nosi: “Yaxshilik va hidoyatga chorlovchi oy. Yaxshilik va hidoyatga chorlovchi oy. Yaxshilik va hidoyatga chorlovchi oy. Seni yaratgan Zotga imon keltirdim”.
Tolha ibn Ubaydulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon yangi chiqqan oyni ko'rsalar, “Allohim! Uni bizga xayr-baraka, iymon, salomatlik va Islom ila chiqargin. Robbim va Robbing Allohdir”, der edilar” (Imom Termiziy rivoyati).
Muhammad Ayyub domla Homidov
Ko‘z kasalliklari bo‘yicha mutaxassis doktor Malik Xolid aytadi: "Har kuni qorong‘i xonada yarim soat telefon ishlatgan odamning ko‘zlarida rak kasalligi kelib chiqishi kuzatilyapti. Ko‘z qizarib pardani o‘rab oladi, u pardani olib tashlash imkonsizligi uchun bu dard davosiz qolmoqda. Yetkazdim... Siz xam yaqinlaringizga albatta ulashing! Bu ishni xolis Allox uchun qiling!".