Bugun, 18 may kuni O'zbekiston musulmonlari idorasida Huquqshunoslik bo'limi “Zoom” platformasi orqali Jizzax viloyati vakilligi va masjidlar ishini yurituvchi mas'ul xodimlar bilan onlayn uchrashuv o'tkazdi.
Onlayn tadbirni Huquqshunoslik bo'limi mudiri v.v.b. Jahongir Hotamov va bo'lim mas'ul xodimi Elyor Minavarov olib bordi.
Masofadan turib o'tkazilgan yig'ilishda Jahongir Hotamov ishtirokchilarga O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi loyihasidagi yangilik va o'zgarishlar haqida ma'lumot berdi.
Shuningdek, masjidlarning hujjat ishlarini qonunchilik talablariga to'la mos holatda yuritish tushuntirildi va bu to'g'rida hududdagi diniy soha vakillariga etkazish aytildi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
#tabrik
Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin!
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari agar hayit kuni uchrashib qolishsa, bir-birlarini:
تقبل الله منا ومنكم
"Taqobbalallohu minnaa va minkum"
"Alloh biz va sizdan (ibodatlarimizni) qabul qilsin", deb tabriklashardi.
Alloh taolo ibodatlaringizni O‘z dargohida husni qabul etsin. Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin!