Sayt test holatida ishlamoqda!
05 Iyul, 2025   |   10 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:12
Quyosh
04:56
Peshin
12:33
Asr
17:42
Shom
20:03
Xufton
21:39
Bismillah
05 Iyul, 2025, 10 Muharram, 1447

“Sharq allomalarining Islom tsivilizatsiyasiga qo'shgan hissasi” mavzusidagi xalqaro onlayn anjuman o'tkaziladi

18.05.2022   1271   2 min.
“Sharq allomalarining Islom tsivilizatsiyasiga qo'shgan hissasi” mavzusidagi xalqaro onlayn anjuman o'tkaziladi

Shu yil 19 may kuni Yurtimizda “Sharq allomalarining islom tsivilizatsiyasiga qo'shgan hissasi” mavzusida xalqaro onlayn ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tadi.

Yurtimiz va xorijdagi nufuzli tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan xalqaro onlayn anjumanda O'zbekistondan Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Din ishlari bo'yicha qo'mita, O'zbekiston musulmonlari idorasi hamda Misr Arab Respublikasi, Buyuk Britaniya, Malayziya, Pokiston, Qozog'iston, Frantsiya, Turkiya kabi davlatlardan mahalliy va xorijlik taniqli olimlar, jahonning etakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari, sohaga oid ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar, mutaxassislar ishtirok etadi.

Anjumanni o'tkazishdan asosiy maqsad boy ilmiy-tarixiy merosimizni o'rganish va targ'ib qilish sanaladi.

Halqaro onlayn anjumanda ishtirokchilar Sharq allomalari merosida islom ilmlari, Movarounnahrda tabiiy va aniq fanlar rivoji, musulmon olimlarining jahon ilm-fani taraqqiyotiga ta'siri, Sharq allomalari ilmiy merosida bag'rikenglik masalasining yoritilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan zamonaviy tadqiqotlar kabi muhim ilmiy masalalar keng muhokama qilindi.

Shu bilan birga, onlayn anjumanda olimlar Islom tsivilizatsiyasining jahon tsivilizatsiyasida tutgan ahamiyati, bunda Sharq allomalarining o'rniga oid o'z fikr-mulohazalarini ham bayon qiladi. Bundan tashqari, Islom tsivilizatsiyasi va Sharq allomalarining hayoti va ilmiy merosini xalqaro jamoatchilikka etkazish masalalari ham ko'rib chiqiladi.

Anjumanda qatnashgan xalqaro ekspertlar, mutaxassis va olimlarning ma'ruzalari hamda boshqa ilmiy natijalar alohida to'plam shaklida nashr etiladi.

Bu kabi tadbirlar Sharq allomalarining jahon ilm-fani va islom tsivilizatsiyasiga qo'shgan hissasini keng jamoatchilikka etkazishda muhim vosita bo'lib xizmat qiladi, inshoalloh.

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

“Safarga ketdilar...”

04.07.2025   4606   2 min.
“Safarga ketdilar...”

Ayoli vafot etganidan keyin eri juda mayus bo‘lib qoldi. Bir kuni uning yaqin do‘sti uni koyidi:

– Haliyam uylanmadingmi?

– Yo‘q, – dedi u.

– Nega, nahotki boshqa ayollar ichida senga yoqadigani bo‘lmasa?

– Rahmatli ayolimga o‘xshagani topilmasa kerak...

– Qo‘ysang-chi, ayollarning bari bir-biriga o‘xshaydi-ku!..

– Men zohirini aytmayapman. Ichki olamini, botinini aytyapman.

Yigit hayron bo‘lib qarab turgan do‘stiga hayotida bo‘lgan birgina voqeani gapirib berdi:

“Bir kuni ayolim jahlimni chiqardi. Qattiq urishdim va uni ota uyiga haydadim. Jimgina ketdi. Oradan bir necha kun o‘tgach, qilgan ishimdan pushaymon bo‘ldim. Aslida ayb o‘zimdan o‘tganini angladim. Ming andisha bilan qaynotamnikiga bordim. Eshik oldida biroz turib qoldim. So‘ng eshikni taqillatdim. Ayolim ochdi va meni hayratda qoldirib, xuddi oramizda hech gap o‘tmaganday, baland ovozda:

– Assalomu alaykum dadajonisi, safaringiz yaxshi o‘tdimi? – deya tabassum bilan ko‘zini qisib qo‘ydi. Unga bir nimalar demoqchi bo‘lgan edim, u meni qattiq bag‘riga bosib, bunday dedi:

– Gapirmang, ota-onamga sizni “safarga ketdilar”, dedim...

Ana shunday fahmli, oqila edi ayolim. Shuning uchun ham unga hech birini o‘xshatolmay, uylanolmay yuribman, do‘stim”.

Ha, azizlar! Alloh taolo erkakni ayol uchun, ayolni erkak uchun ne’mat qilib bergan. To‘g‘ri, ba’zilar bir-birlarining kamchiliklaridan shikoyat qilib qolishadi. Ammo hech kim benuqson emas. Mukammal ayolni ham, erkakni ham axtarmang bu dunyoda. Hikoyada kelganidek, ba’zida er uchun bir jufti halol butun dunyodagi ayollardan afzal bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, ahli ayolimizni qadrlaylik. Zero, u ham kimningdir farzandi, bolalarimizning onasi. Eng muhimi, Allohning bizga bergan omonatidir.

Akbarshoh RASULOV