أمْسَينَا وَأَمْسَى الْمُلْكُ للهِ رَبِّ العَالَمِينَ. اللهُمَّ أَسْأَلُكَ خَيْرَ هَذِهِ اللَّيلَةِ، فَتْحَهَا وَنَصْرَهَا وَنُورَهَا وَبَرَكَتَهَا وَهُدَاهَا وَأَعُوذُ بِكَ مِنْ شَرِّ مَا فِيهَا، وَشَرِّ مَا بَعْدَهَا
«Amsaynaa va amsal mulku lillahi robbil 'alamiyn. Allohumma as`aluka xoyra hazihil laylati fathahaa va nasrohaa va nurohaa va barokatahaa va hudahaa va a'uzu bika min sharri ma fiyhaa va sharri maa ba'dahaa»
Ma'nosi: “Biz ham, mulk ham olamlar parvardigori Allohniki bo'lgan holda kech kirgizdik. Ey Rabbim, bu kechaning yaxshisini, fath bo'lishini, g'alabasini, nurini, barakasini, hidoyatini so'rayman. Va Sendan bu kechaning va bu kechadan keyingisining yomonligidan panoh tilayman”
#duo
@muslimuzportal | @mp3muslim | @diniysavollar
Bugun, 27 yanvar kuni, “Qur’on va tajvidni o‘rgatish” bo‘limida navbatdagi amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulotni bo‘lim boshlig‘i Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum olib bordi.
Darslarda Toshkent Islom instituti va “Ko‘kaldosh” O‘MITM qoshidagi “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kurslari filiallari o‘qituvchilari hamda mazkur ta’lim dargohlarining ustozlari ishtirok etdi.
Mashg‘ulot davomida har bir tinglovchining azon va iqoma bo‘yicha mahorati yakka tartibda tinglanib, zarur tavsiyalar berildi. Yakunlangach, ishtirokchilarga azon va iqoma bo‘yicha ijoza guvohnomalarini topshirish rejalashtirilgan.
Al-Quran.uz