Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Noyabr, 2026   |   15 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:59
Quyosh
07:18
Peshin
12:15
Asr
15:16
Shom
17:00
Xufton
18:17
Bismillah
25 Noyabr, 2026, 15 Jumadul soni, 1448

Qizingiz sirdoshingiz bo'lsin

19.12.2023   1367   3 min.
Qizingiz sirdoshingiz bo'lsin

Maktabga chiqa boshlagan ilk davrlarimdanoq onam menga ko'pchilikka aytmaydigan maxfiy gaplarni aytardilar. Bilmadim, oilada to'ng'ich farzand bo'lganim uchunmi yoki yagona qizlari bo'lganim uchunmi barcha sirlarini menga ishonardilar. Onam menga aytadigan gaplarni hatto otam ham bilmasdilar. Buni menga onamning o'zlari aytganlar. Bir necha bor gaplashib bo'lganimizdan so'ng “Dadangga indamagin-a, ular ham bilmaydilar” deganlar. Men go'yoki onamning sir saqlaydigan sandiqlariga aylangan edim. boshlaridan o'tayotgan, ko'ngillaridan o'tkazgan nimaiki bo'lsa, menga aytardilar. Yana buning ustiga mendan ba'zi ishlarida fikrrimni so'rar va gapimni oxirigacha og'rinmay, malollanmay eshitib o'tirardilar.

Men hayron bo'lardim: nega onam menga hamma sirlarini ishonadilar? Hatto dadamga aytmagan sirlarini ham menga aytadilar? Bu bir tarafdan meni taajjublantirsa, boshqa tarafdan meni xursand qilardi. Chunki men o'zimni onamga kerakli bo'lgan muhim insonligimni his qilardim. Onam haqida xolalarim ham bilmagan narsalarni bilishimdan quvonardim.

Oradan yillar o'tdi. O'smirlik yoshiga etdim. Bu davr qiz bolaning eng nozik payti hisoblanadi. Odamlardan qochadigan, uncha-muncha odam bilan til topisha olmaydigan, odamovi, ayniqsa, ota-onasidan uzoqlashib qoladigan davri bo'ladi. Ko'p qizlar bu yoshda sirlarini eng yaqin dugonasiga aytadi yoki bo'lmasa biror kundalik tutib o'sha daftarga ichidagi borini to'kib soladi.

Lekin menda butunlay o'zgacha holat yuz berdi. Men eng yaqin dugonalarimga ham aytmagan sirlarimni onamga aytardim. Chunki onam o'z sirlarini menga ishonganlarini bilganim uchun men ham qalbimdagi gaplardan onam boxabar bo'lishlarini istardim. U kishining maslahatlariga quloq solardim. Volidamning hayotiy tajribalariga ishonardim. Shu sababli o'smirlik davrim juda go'zal o'tdi. Ko'plab tengdoshlarim bu yoshda yo'l qo'yadigan xatolardan, ba'zida bir umr afsuslanishga sabab bo'ladigan voqealardan Alloh taolo meni onamning sharofatlari bilan asrab qoldi.

Alloh umrlarini uzoq qilgur onajonim juda dona ayol ekanlar. Menga sirlarini bejizga ishonmas, bekorga meni o'zlariga yaqin olmas ekanlar. Bu ishlari orqali mening ichimda ham o'zlariga nisbatan butkul ishonch hissini paydo qilgan ekanlar. Men bu narsani qizlarim katta bo'lib o'smirlik yoshiga etganlarida angladim. Hozir men ham qizlarimga onam kabi o'z sirlarimni aytaman. Ularni o'zimdan qochirmay, imkon qadar yaqin tutuaman. Onam menga qo'llagan uslubni ularga qo'llashga harakat qilaman.

Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu'tining

“Farzand tarbiyasida 700 ta saboq” kitobidan

G'iyosiddin Habibulloh, Kamronbek Islom tarjimasi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Qardosh muftiylar hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qildilar

25.11.2026   2961   1 min.
Qardosh muftiylar hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qildilar

Turkiya safar davomida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari va Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi raisi, professor, doktor Safiy Arpagush o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot avvalida Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari mezbonni Fatvo kengashlarining xalqaro maslahat yig‘ilishi yuksak saviyada va muvaffaqiyatli o‘tgani bilan muborakbod etdilar.

Muftiy hazratlari ikki qardosh mamlakat rahbarlarining sa’y-harakatlari tufayli o‘zaro hamkorlik munosabatlari tobora kengayib, ayniqsa, ulamolar o‘rtasidagi aloqalar yangi bosqichga ko‘tarilganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Shuningdek, mazkur nufuzli anjuman musulmon ummati oldida turgan dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun muhim muloqot maydoni bo‘lgani, unda qabul qilingan bayonot va tavsiyalar barcha musulmon xalqlari uchun manfaatli bo‘lishi ta’kidlandi.

O‘z navbatida, professor, doktor Safiy Arpagush O‘zbekiston muftiysining xalqaro yig‘ilishdagi faol ishtiroki va sermazmun nutqi uchun katta minnatdorlik izhor etdi.

Ushbu maslahat yig‘ilishi ummat birligini mustahkamlash va zamonaviy muammolarga jamoaviy ijtihod asosida mo‘tadil yechim topishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlar ekan, hamkorlikda fatvolar ishlab chiqishni rivojlantirish, ularda ijtimoiy voqelikni hisobga olish, axborot asridagi fatvo tarqoqligining oldini olish maqsadida raqamli maydonda rasmiy fatvolarni keng yoyish hamda sun’iy intellektdan faqat tadqiqot vositasi sifatida foydalanib, uni fatvo berish manbaiga aylantirmaslik zarurligini alohida bayon etdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

 

O'zbekiston yangiliklari