O'mon Sultonligining “Asdaa Oman” gazetasi O'zbekiston zaminida etishib chiqqan buyuk allomalar hayoti bilan tanishtirishda davom etmoqda. Jumladan, nashrning kechagi sonida O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi doktoranti M.Atayevning “Imom al-Ustrushaniy va uning ilmiy merosi” nomli maqolasi chop etildi.
Muallif qadimiy tamaddun o'choqlari sifatida yurtimizning bir qator shaharlari bilan birga Jizzax vohasi, ya'ni Ustrushana mintaqasi va u erda etishib chiqqan fiqhiy olim Majduddin Muhammad Ustrushaniy haqida batafsil ma'lumot bergan.
Maqolada ta'kidlanishicha, o'z davrida mashhur bo'lgan movarounnahrlik faqihlarning ilmiy asarlari hozirgi kunda ham islom olamining nufuzli ilm dargohlarida huquqshunoslik bo'yicha asosiy qo'llanma vazifasini o'tab kelmoqda. Bu esa o'z navbatida, Movarounnahr fiqh ilmining yuzaga kelishi, rivojlanish bosqichlari, yo'nalishlari, o'ziga xos jihatlari va an'analarini o'rganishga jiddiy yondashuv lozimligini ko'rsatadi.
Tadqiqotchining fikricha, yurtimiz tarixida sodir bo'lgan ikkita renessans g'oyasining negizida mustahkam ilmiy asos yotadi. Jumladan, bola huquqlari muhofazasi kafolatlariga oid Movarounnahrda shakllangan qarashlar yurtimizning umumbashariy ahamiyatga molik va sivilizatsion xarakterdagi markaz bo'lganining ishonchli isbotlaridan biridir.
O'rta asrlarda yurtimiz hududida yashab o'tgan mashhur ulamolarning qoldirgan boy ilmiy meroslari hozirgi vaqtda uyg'onish jarayoni kechayotgan yangi O'zbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi va mamlakatimizni dunyo tamaddunining asosiy markazlaridan biri sifatida targ'ib etish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.
O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Manba: https://iiau.uz/oz/news/1389
Savol: Namozga “Allohu akbar”, deb quloq qoqishda “Allohu akbar” dagi “r” ga kelganda ikki qo‘lni bosh barmog‘i quloq yumshog‘iga tegiziladimi? Shunday deb, eshitdim.
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Namozga kirishda avval ikki qo‘lni yuqoriga ko‘tarib, bosh barmoqlarni quloqning yumshoq joyiga tegiziladi. So‘ng “Allohu akbar”, deb, namozga kirishiladi.
Bu haqida Faqih Abu Ja’far rahimahulloh bunday zikr qilganlar: “Ikki kaftini ichki taraflari bilan qiblaga yuzlanadi va panjalari yozadi hamda qo‘llarini yuqoriga ko‘taradi. Qachonki, ikki bosh barmog‘i ikki quloqlarining yumshoq joylariga tegsa, “Allohu akbar” deb namozga shuru’ qiladi.
Shamsulaimma Saraxsiy rahimahullohga ko‘ra, barcha mashoyixlar shunga ittifoq qilganlar (“Muhiyt” kitobi). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.