Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Yanvar, 2026   |   9 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:17
Quyosh
07:38
Peshin
12:41
Asr
15:53
Shom
17:38
Xufton
18:53
Bismillah
28 Yanvar, 2026, 9 Sha`bon, 1447

O'zbekiston delegatsiyasining Rossiya safari muvaffaqiyatli o'tdi

11.05.2022   1144   3 min.
O'zbekiston delegatsiyasining Rossiya safari muvaffaqiyatli o'tdi

Shu yil 17 apreldan 1 mayga qadar O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari Ibrohimjon domla Inomov O'zbekiston delegatsiyasi tarkibida Rossiya Federatsiyasida bo'lib qaytdi.

O'zbekiston delegatsiyasi a'zolari mazkur mamlakat rasmiylari va ish beruvchi tashkilot rahbarlari bilan uchrashib, u erda vaqtincha mehnat qilayotgan, ta'lim olayotgan yurtdoshlarimizga munosib sharoitlar yaratish bo'yicha muloqotlar o'tkazib, mavjud muammolar hal qilindi.

Muloqotlarda Rossiya va O'zbekiston vakillari tomonlaridan bu yil “Ma'naviy ipak yo'li” V xalqaro ilmiy-diniy anjumani o'tkazilishi rejalashtirayotgani aytildi.

Shuningdek, mazkur mamlakat tadbirkorlari, o'zbekzabon ishbilarmon vakillari bilan iqtisodiy hamkorlik bo'yicha muzokaralar olib borishdi.

Tashrif davomida Ibrohimjon domla Inomov mazkur mamlakatning Moskva, Sankt-Peterburg, Tula, Voronej, Murmansk, Kaliningrad shaharlari va viloyatlarida oliy o'quv dargohlarida, turli tashkilot va korxonalarda musofir hamyurtlarimizga diniy-ma'rifiy mavzularda ma'ruzalar qilib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdi.

Hususan, Ibrohimjon domla Inomov Rossiya Federatsiyasi musulmonlari idorasi raisi, Rossiya muftiylari kengashi raisi, muftiy Shayx Ravil' hazrat Gaynutdin bilan uchrashuv o'tkazdi.

Samimiy uchrashuv chog'ida Ibrohimjon domla Inomov muftiy Shayx Ravil' hazrat Gaynutdinga O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Holiqnazarovning duoi-salomlari, ramazon tabriklarini etkazdi. O'zbekistonlik migrantlarga Rossiyada o'qish va mehnat qilish uchun munosib sharoit yaratish muhokama qilingan asosiy mavzulardan biri bo'ldi.

Do'stona muloqotlar davomida ikki davlat diniy soha vakillarining iliq munosabati, yaxshilik yo'lidagi hamkorligi yaxshi natijalar berishi qayd etildi.

Bir so'z bilan aytganda, O'zbekiston delegatsiyasining ikki haftalik safari davomida Rossiya Federatsiyasining ko'plab shahar va tumanlarida mamlakat rasmiy vakillari bilan yaxshi hamkorlik aloqalari o'rnatilib, tegishli kelishuvlarga erishildi, o'qish yo ish masalasida ushbu davlatga borgan vatandoshlarga munosib sharoitlar yaratishga kelishib olindi.

Ma'rifiy suhbatlarda musofir hamyurtlar diniy va ijtimoiy, huquqiy mavzularda ma'ruzalardan bahra olib, o'zlarini o'ylantirayotgan masala va savollarga javob olishdi.

Uchrashuvlar davomida O'zbekiston delegatsiyasi vakillariga Diniy soha rahbarlari, xususan, O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari va Din ishlari bo'yicha qo'mita raisi Sodiqjon Toshboyev nomlariga tashakkurnoma va minnatdorchiliklar izhor etildi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Imom-xatiblar jismoniy faolligini oshirishga qaratilgan sport tadbirlari

27.01.2026   2545   1 min.
Imom-xatiblar jismoniy faolligini oshirishga qaratilgan sport tadbirlari

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Sirdaryo viloyati vakilligi hamda Sirdaryo viloyat hokimligi hamkorligida viloyatimizda xizmat qilayotgan imom-xatib va imom-noiblarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, o‘zaro jamoaviy hamjihatlik va hamkorlik ruhini mustahkamlash maqsadida 2026 yil 24 yanvar kuni voleybol, stol tennisi hamda shaxmat-shashka yo‘nalishlari bo‘yicha sport musobaqalari tashkil etildi.
Ushbu sport bellashuvlarida viloyatimizning barcha tuman va shaharlaridan tashrif buyurgan imom-xatib va imom-noiblar faol ishtirok etdilar. Musobaqalar do‘stona muhitda, yuqori sport ruhida o‘tib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat va iliq taassurotlar ulashdi.
Tadbir yakunida g‘olib va faol ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliqlar hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Sirdaryo viloyati vakilligi Matbuot xizmati

Imom-xatiblar jismoniy faolligini oshirishga qaratilgan sport tadbirlari Imom-xatiblar jismoniy faolligini oshirishga qaratilgan sport tadbirlari Imom-xatiblar jismoniy faolligini oshirishga qaratilgan sport tadbirlari Imom-xatiblar jismoniy faolligini oshirishga qaratilgan sport tadbirlari Imom-xatiblar jismoniy faolligini oshirishga qaratilgan sport tadbirlari Imom-xatiblar jismoniy faolligini oshirishga qaratilgan sport tadbirlari
O'zbekiston yangiliklari