Biz azal-azaldan tinchliksevar xalqmiz. Aynan shu g'oya targ'ibiga bag'ishlangan buyuk milliy ma'naviy merosimiz bor. Ularning barida tinchlikning qadriga etish targ'ib etiladi, urush esa batamom qoralanadi.
Aziz va mukarram inson zotining yoshi ham, keksasi ham, ayoli ham, erkagi ham birdek qadr-kimmatga egadir. Muqaddas Islom dini inson qadrini shu darajada yuqori ko'targanki xatto, uning tirigi bilan o'ligining hurmati birdek qadrlanadi. Dunyodan o'tib ketgan marhum yaqinlarimizni doimo yaxshi sifatlar bilan eslash ham insoniylik burchimizdir. Bu hakda muborak hadisi sharifda Payg'ambarimiz Muxammad sollallohu alayhi vasallam “Dunyodan o'tganlarning yaxshi sifatlarini eslanglar ularning yomon sifatlarini aytishdan saqlaninglar” deganlar. (Termiziy rivoyati)
Yurtimizda an'anaviy nishonlanadigan, alohida e'tibor qaratiladigan kunlardan biri bu, Hotira va qadrlash kunidir. Bu kunda biz o'tmishda o'tgan ajdodlarimiz xususan, Vatan ozodligi, xalkimizning farovonligi yulida jonlarini fido qilib, bugungi kunda olamdan o'tib ketgan barcha fidoyi yurtdoshlarimizni yodga olamiz. Biz o'tganlarni maxsus bir kunda, ayni 9 mayda xotirlashimiz ramziy ma'noda bo'lib, aslida har doim har lahzada ularni eslab duolar qilamiz, ularning hayot yo'llarini o'rganib ulardan namunalar olamiz. Shuningdek, kelajak avlod bo'lmish farzandlarimizga ham o'tgan ajdodlarimizning hayoti biz uchun ulkan namuna ekanini uqtirib kelamiz. Ularning yaxshiliklarini hamisha har doim yodda tutamiz. Zero,tarixiy xotirasiz kelajak yo'q, deb bejizga aytilmagan. Hotira va qadrlash degan gaplar bir kunlik an'anaga bog'lanib qolmasligi kerak. Vatan, millat, din yo'lida jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasi bizlar uchun qanchalik ardoqli va muqaddas bo'lsa, keksalik yoshiga etgan ulug'larimizning qadriga etish, hurmatlarini joyiga qo'yish ham shunchalik muhimdir.
Bu kunlarda qilinadigan xayrli ishlardan biri yoshi ulug' kishilarning holidan xabar olishimiz, ularning qalblariga xursandlik kiritishimizdir. Bu haqda Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam hadisi sharifda shunday deganlar: “Kichigimizga rahm qilmagan va kattalarimizning qadriga etmagan kimsa bizdan emasdir”. (Abu Dovud va Termiziy rivoyati)
Davlatimiz doimo urush katnashchilari keksa yoshdagi otaxonlarimiz, onaxonlarimiz va barcha nafakaxurlarga kata dikkat e'tibor bilan gamxurlik kilib kelmokda. Yaratgandan barcha marxum ajdodlarimizni Uzining raxmatiga olib ularning xaklariga kilayotgan duolarimizni kabul kilib, oramizda hayot qolganlariga farovon hayot tinchlik va ofiyat berishini so'rab qolamiz.
Odiljon Narzullayev
Yangiyo'l tumani “Imom Sulton” jome masjidi imom xatibi
Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtincha bo‘lib turgan fuqarolarimiz bilan doimiy muloqotni qo‘llab-quvvatlab turish, ularning haq-huquqlarini himoya qilish, ma’rifiy suhbatlar o‘tkazish maqsadida joriy yilning 29 iyun – 2 iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Vladivostok shahrida xizmat safarida bo‘lishdi. Delegatsiya tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari O.Abdullayev, O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi favqulodda va muxtor elchisi B.Asadov, O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Bosh konsuli M.Xayriddinov kabi nufuzli vakillar qatorida O‘zbekiston musulmonlari idorasi vakili Ibrohimjon domla Inomov ham ishtirok etdi.
Safar davomida Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining Vladivostok shahridagi pasport-viza xizmatida, Vladivostok, Xabarovsk shaharlaridagi o‘zbek diasporasi rahbarlari va Primorsk o‘lkasidagi o‘zbek diasporasi vakillari, o‘zbekistonlik talabalar, turli xizmatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan migrantlar bilan, Vladivostokdagi “Vladtorg” savdo kompaniyasida, Vladivostokda OOO “Viktoriya” qurilish firmasida, Primorsk o‘lkasidagi “Dobroflot” baliqovlash kompaniyasi zavodlarida xizmat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan samimiy suhbatlar o‘tkazildi.
“Milliy va diniy qadriyatlarimiz”, “Aqidada adashmaylik!”, “Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish odobi”, “Islomda bag‘rikenglik”, “Islomda vatanparvarlik tushunchasi” kabi mavzularda o‘tgan suhbatlardan yurtdoshlarimiz kerakli tushunchalar hosil qilib, mamnun bo‘lishdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati