Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Aprel, 2026   |   22 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:28
Quyosh
05:50
Peshin
12:29
Asr
17:03
Shom
19:02
Xufton
20:18
Bismillah
11 Aprel, 2026, 22 Shavvol, 1447

Nuroniylar e'zozda

08.05.2022   2406   2 min.
Nuroniylar e'zozda

Bugun, 8 may kuni  Hotira va qadrlash kuni munosabati bilan O'zbekiston musulmonlari idorasining Namangan viloyat vakilligi tomonidan nuroniylar uchun bayram dasturxoni yozildi.

Bayram dasturxoniga 100 nfardan ortiq shahar-tuman xududida yashovchi front ortida xizmat qilgan nunoniylar va mehnat faxriylaridan vakillar taklif etildilar.

Tadbirni O'zbekiston musulmonlari idorasining Namangan viloyat vakili Abdulhay Tursunov ochdi va olib bordi. U avvalo 9 may – Hotira va qadrlash kuni munosabati bilan  yig'ilganlarni tabriklab, O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy hazratlarining salomlarini etkazdi.

Tadbirda Namangan viloyati Nuroniylar Kengashi raisi I.Najmiddinov, viloyat hokimligi kotibiyat mudiri M.Abdurazzaqov, Din ishlari bo'yicha qo'mita viloyat boshqarmasi mutaxassislari ishtirok etdilar.

Tadbir yakunida taklif etilgan nuroniylarga viloyat vakilligining esdalik sovg'alari ulashildi. So'ngra ikkinchi jahon urushi shahidlari haqlariga Qur'oni karim tilovat qilinib, ajdodlarimiz ruhi yodga olindi. Barcha ishtirokchilar Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan Yangi O'zbekistonda keksa nuroniylarga berilayotgan katta e'tibor va e'zozlar uchun tashakkur izhor etib, yurtimiz tinchligi va farovonligi bundan ham ziyoda bo'lishini so'rab duolar qildilar.

Uchrashuv qatnashchilari tadbir samimiy va ko'tarinki ruhda o'tganligini ta'kidlab duoi xayrlar bilan qaytishdi.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasining

Namangan viloyat vakilligi

Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Payg‘ambarimiz ﷺga salavot aytishning fazilati

09.04.2026   7089   1 min.
Payg‘ambarimiz ﷺga salavot aytishning fazilati

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Imom Suyutiy rahimahulloh aytadilar: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ga ko‘p salavot aytish rizqlarni ko‘paytiradi, barakalarni ziyoda qiladi, hojatlarni qondirib beradi, g‘am-tashvish va barcha qayg‘ularni ketkazadi".

Ibn Qayyim al-Javziya rahmatullohi alayhi aytadilar: "Agar mo‘minlar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga salavot aytishning fazilatini bilganlarida, tillari hech qachon undan to‘xtamas edi. Albatta, Payg‘ambarga salavot aytish qalbingdagi barcha niyatlar ijobat bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Uning samaralaridan biri — Qiyomat kuni sirot ko‘prigida sobit turish va undan o‘tishga yordam berishi".

Ibn al-Javziy rahimahulloh aytadilar: "Agar Alloh bir bandasiga yaxshilikni istasa, uning tilini Muhammad ﷺ ga salavot aytishga oson qiladi".

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga ko‘p salavot aytishda quyidagi fazilatlar bor: "Gunohlar kechirilishi, xatolarning yuvilishi, duolarning qabul bo‘lishi, hojatlarning qondirilishi, qiyinchilik va g‘amlarning ketishi, yaxshilik va barakalarning kelishi, Yer va Osmon Robbisining roziligiga erishish. Shuningdek, u qabrda egasi uchun nur bo‘ladi va turli balolardan najot beradi".

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga salavot aytish sening g‘amingni ketkazadi va gunohlaringni kechirilishga sabab bo‘ladi. Shu bilan sen dunyo va oxirat baxtiga erishasan.
Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Albatta, Alloh va Uning farishtalari Payg‘ambarga salavot aytadilar. Ey iymon keltirganlar! Sizlar ham unga salavot aytib, salom yo‘llanglar”.

Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Homidjon domla ISHMATBЕKOV

Maqolalar