Bugun, 8 may kuni Hotira va qadrlash kuni munosabati bilan O'zbekiston musulmonlari idorasining Namangan viloyat vakilligi tomonidan nuroniylar uchun bayram dasturxoni yozildi.
Bayram dasturxoniga 100 nfardan ortiq shahar-tuman xududida yashovchi front ortida xizmat qilgan nunoniylar va mehnat faxriylaridan vakillar taklif etildilar.
Tadbirni O'zbekiston musulmonlari idorasining Namangan viloyat vakili Abdulhay Tursunov ochdi va olib bordi. U avvalo 9 may – Hotira va qadrlash kuni munosabati bilan yig'ilganlarni tabriklab, O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy hazratlarining salomlarini etkazdi.
Tadbirda Namangan viloyati Nuroniylar Kengashi raisi I.Najmiddinov, viloyat hokimligi kotibiyat mudiri M.Abdurazzaqov, Din ishlari bo'yicha qo'mita viloyat boshqarmasi mutaxassislari ishtirok etdilar.
Tadbir yakunida taklif etilgan nuroniylarga viloyat vakilligining esdalik sovg'alari ulashildi. So'ngra ikkinchi jahon urushi shahidlari haqlariga Qur'oni karim tilovat qilinib, ajdodlarimiz ruhi yodga olindi. Barcha ishtirokchilar Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan Yangi O'zbekistonda keksa nuroniylarga berilayotgan katta e'tibor va e'zozlar uchun tashakkur izhor etib, yurtimiz tinchligi va farovonligi bundan ham ziyoda bo'lishini so'rab duolar qildilar.
Uchrashuv qatnashchilari tadbir samimiy va ko'tarinki ruhda o'tganligini ta'kidlab duoi xayrlar bilan qaytishdi.








O'zbekiston musulmonlari idorasining
Namangan viloyat vakilligi
Matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Savol: Men yaqinda bir video ko‘rdim. Unda xo‘roz boqish, ayniqsa, oq xo‘roz boqish sunnat ekani, Payg‘ambarimiz alayhissalom ham uylarida xo‘roz boqqanlari aytilgan ekan. Shunday mazmunda hadis bormi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Hadis sohasida yetuk allomalar xo‘roz haqida kelgan ikkita hadis sahih, ammo boshqalari, xususan, oq xo‘roz haqidagi hadislarni to‘qima yoki o‘ta zaifdir deganlar. Ikki hadisning birini imom Abu Dovud rahimahulloh Zayd ibn Xolid roziyallohu anhudan rivoyat qilgan: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Xo‘rozni so‘kmanglar, chunki u namozga uyg‘otadi”, deganlar.
Ikkinchisini Abu Hurayra roziyallohu anhudan imom Buxoriy va Muslim rahimahullohlar rivoyat qilgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Xo‘rozning qichqirishini eshitsangiz, Allohdan fazl-marhamat so‘rang, chunki u farishtani ko‘rgan”, dedilar. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi