Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Sentabr, 2026   |   4 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:43
Quyosh
06:03
Peshin
12:18
Asr
16:43
Shom
18:37
Xufton
19:52
Bismillah
15 Sentabr, 2026, 4 Rabi`us soni, 1448

Dubayda imom, voiz va muazzinlarga "oltin" vizalar berildi

05.05.2022   2536   1 min.
Dubayda imom, voiz va muazzinlarga

Dubay hukumati mamlakatda 20 yildan ortiq ishlagan imomlar, voizlar va muazzinlarga amirlikda 10 yillik yashash huquqini berdi. Tegishli buyruq Dubay hukmdori Shayx Muhammad bin Rashid ol Maktum hazratlarining ko'rsatmalari asosida valiahd shahzoda va Dubay Ijroiya Kengashi raisi Shayx Hamdan bin Muhammad ol Maktum tomonidan chiqarilgan.

Islam.ru bildirishicha, Islom va uning bag'rikenglik va tinch-totuv yashash qadriyatlarini tarqatish bo'yicha sa'y-harakatlarining e'tirofi sifatida diniy xodimlarga "oltin" vizalar berildi. Islom ishlari va xayriya ishlari boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, Dubayda 2178 ta masjid mavjud bo'lib, ularda 475 nafardan ortiq imom, 404 nafar muazzin va 41 nafar voiz ishlaydi.

"Oltin viza ilmiy yutuqlarga ega oliy o'quv yurtlari bitiruvchilari, muhandislik va texnologiya kabi sohalarda ilmiy darajasi, shuningdek, BAA olimlar kengashi tavsiyalariga ega bo'lgan olimlar, mashhur talabalarga beriladi. BAA o'rta maktablarining mashhur talabalari, mahalliy oliy o'quv yurtlari yoki dunyodagi 100 ta eng yaxshi oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilariga 10 yillik yashash huquqi beriladi.

Bundan tashqari, turli sohalarda professional tajribaga ega malakali xodimlar, madaniyat, san'at, sport va raqamli texnologiyalar sohasida ulkan yutuqlarning egalari "oltin" viza uchun da'vogarlik qilishlari mumkin, xabar bermoqda The National nashri.

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

“Holva” degan bilan...

15.09.2026   2588   2 min.
“Holva” degan bilan...

Bugungi jamiyatimizda odob-axloq jihatidan oqsoqliklar ko‘zga tashlanmoqda. Salom berish, yordamga muhtojlarni ko‘rganda ko‘maklashish, o‘zidan kattalarga hurmat ko‘rsatish kabi qadriyatlar kamayib borayotganini hech kim inkor qilmasa kerak. Holbuki, har bir ota-ona farzandining ilmli, solih va yetuk inson bo‘lib kamol topganini ko‘rishni orzu qiladi. Biroq “holva” degan bilan og‘iz shirin bo‘lmaydi. Ya’ni quruq orzu-havasning o‘zi kifoya qilmaydi. Balki doimiy va tartibli ta’lim-tarbiya ishiga kirishish lozim bo‘ladi. Bu borada jamiyatdagi insonlarni uch toifaga bo‘lish mumkin:

1. O‘zi ham amal qilib, farzandini ham ezgulikka yetaklaydiganlar. Bu tutum dunyo va oxirat saodatini ko‘zlagan mo‘minning yo‘li. Tarbiyada eng samarali omil ota-onaning shaxsiy namunasidir. Bolaga, avvalo, Allohni tanitish va solih amallar bilan o‘rnak bo‘lish lozim. Qur’oni karimda ta’kidlanganidek, iymon keltirib, ezgu amal qilganlarga dunyoda pokiza hayot, oxiratda esa abadiy jannat bashorati berilgan (Nahl surasi, 97-oyat).

2. O‘zi amal qilmay, farzandi tarbiyasiga mol-dunyo sarflaydiganlar. Unutmang, pul hamma narsani hal qilmaydi. Ota-onaning o‘zi diniy va axloqiy majburiyatlarni bajarmasa, pand-nasihatlari farzandga ta’sir qilmaydi. Oilaviy muhitda ota ta’minotga, ona tarbiyaga mas’ul bo‘lib, o‘zaro hurmat va hamjihatlik bo‘lishi shart.
Shuningdek, ota-onalarning behuda ishlar, masalan, telefonga ko‘p bog‘lanib qolishi tarbiyadagi eng katta bo‘shliqni yuzaga keltiradi. Farzand kamoloti uchun uning vaqtini to‘g‘ri taqsimlash, uyqu va dars tartibini doimiy nazoratda tutish, tartibni ushlash lozim. Eng muhimi, xulq ilmdan ustun turadi: xulqsiz berilgan ilm insonni zalolatga yetaklaydi, shu bois farzandga go‘zal axloqiy tarbiya berib, so‘ng ilm bilan ziynatlash kerak.

3. O‘zi ham amal qilmay, farzandini ham bunga chaqirmaydiganlar. Bu toifaning oqibati xatarlidir. Alloh taolo Toha surasida bunday marhamat qiladi: “Kim Mening zikrimdan yuz o‘girsa, albatta, uning uchun tang hayot bo‘lur...” (124-oyat). Mana shu oyatning o‘ziyoq kishini sergak torttirib, bu toifadan bo‘lib qolmaslikka undashi lozim.
Xulosa shuki, farzand qalbi va ruhiyati ildiz otishi kerak bo‘lgan daraxt ko‘chati kabidir. Uning ildizini iymon va taqvo mustahkamlaydi. Shunday ekan, kim farzandlari kamolini ko‘rishni istasa, amali va e’tiborini bilan shunga harakat qilsin. Alloh taolo barchamizni to‘g‘ri yo‘lda bardavom qilib, zurriyotlarimiz kamolini ko‘rsatsin.

Aziza RAHMATOVA,
Samarqand tumani bosh otinoyisi

Maqolalar