Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Iyul, 2025   |   18 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:20
Quyosh
05:01
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
20:00
Xufton
21:33
Bismillah
13 Iyul, 2025, 18 Muharram, 1447

Imomi A'zam Abu Hanifa rahmatullohi alayh

04.05.2022   1966   2 min.
Imomi A'zam Abu Hanifa rahmatullohi alayh

Imomi A'zam Abu Hanifa (r.h.) imomimiz oxirgi tobe'inlardan biri, bir qancha sahobalarni ko'rish, ozgina bo'lsa-da, ulardan saboq olish sharafiga muyassar bo'lgan zotdir. U islom ummatining eng ko'p qismini tashkil qiluvchi fiqhiy mazhab imomidirlar. Biroq, bu zot xususlarida tarqalgan gaplarning son-sanog'i yo'q. Ba'zilar ul zotni johil, ba'zilari bid'atchi, yana birlari kufrga nisbat berdilar.


Ma'lumki, hanafiylar e'tiqodda moturidiylikka asoslangan bo'lib, uning asli Imomi A'zam Abu Hanifa rahmatulloxi alayh aqidasiga borib taqaladi. Hullas, moturidiy va hanafiylar Imomi A'zam Abu Hanifa rahmatullohi alayh singari imon tasdiq va iqrordan iborat, unga amal kirmaydi, deydilar. Shuningdek, ularda imon yaxlit hisoblanadi, imon ziyoda ham bo'lmaydi, kam ham bo'lmaydi. Hatib Bag'dodiy rahmatullohi alayh “Tarixi Bag'dod” asarida aytishiga qaraganda, Qozi Sharik ibn Abdulloh an-Naxa'iy (r.h.): “Abu Hanifa Alloh taoloning ikki oyatiga kufr keltirgan emish. Biri, “Namozlarini barpo qiladilar va zakot beradilar. Va mana shu mustahkam dindir!(Bayyina, 5) oyati karimasi, ikkinchisi esa, “Imonni o'z imonlari bilan birga ziyoda qilishlari uchun ... (Fath, 4) oyati karimasidir. Abu Hanifa imonni ziyoda ham bo'lmadi, kam ham bo'lmaydi, deb o'ylagan. Yana u namozni Allohning dinidan emas, deb o'ylagan”, deb ayblagan Astag'firulloh!


Mana, “takfir” natijasi, uning ayanchli oqibati! Musulmonlar bilib-bilmay o'z imomlarini, islomning eng buyuk mujtahid imomlarini ham bid'atchilikda, johillikda, kofirlikda aybalaganlar. Lekin, shuni faxr bilan aytamanki, bizning xalqlar – O'rta Osiyo xalqlari o'z imomlarini xor qilgan emaslar, ayblagan emaslar. Ularga juda katta hurmat va ehtirom bilan ta'zimda bo'lganlar. Qayerda olim xor bo'lgan, ayblangan, ta'na toshlari otilgan bo'lsa, u boshqa yurtlarda bo'lib o'tgan. O'z imomlarini masjidlarda turganida qavmi bilan birgalikda portlatib yuborganlar ham, o'zlarini musulmon deb bilgan ming-minglab odamlarni ommaviy qatl qilib turib, “Mana, biz islom davlati qurdik”, deb olamga jar solganlar ham boshqa yurt vakillaridir, bu holatdagi ayanchli hodisalar bizda bo'lgan emas. Bunga shonli tariximiz guvoh!

Manbalar asosida Jamalov Nurullohon tayyorladi

MAQOLA
Boshqa maqolalar

Dunyo va oxiratdagi tashvishlardan qutilish yo‘li

11.07.2025   2960   1 min.
Dunyo va oxiratdagi tashvishlardan qutilish yo‘li

 Alloh taolo aytadi: “Kim Allohga taqvo qilsa, U unga (tashvishlardan) chiqish yo‘lini (paydo) qilur”, (Taloq surasi, 2-oyat).

Izoh:
- Ibn Abbos roziyallohu anhu oyati karimaning “chiqish yo‘li” qismini “dunyo va oxiratdagi har turli tashvishlardan uni qutqaradi”, deb tafsir qilganlar.

- Ali ibn Solihga ko‘ra, “chiqish yo‘li” Alloh taoloning o‘sha bandaga rizq berish bilan uni xushnud etishidir. 

- Kalbiy oyatni bunday tafsir qiladi: “Kim musibat paytida sabr qilib, Allohdan qo‘rqsa, Parvardigor unga do‘zax otashidan jannat sari bir chiqish yo‘li ko‘rsatadi”.

- Abul Oliya oyatni: “Turli mashaqqat va tashvishlardan chiqish yo‘li”, deya sharhlagan bo‘lsa,

- Rabi’ ibn Haysam: “Odamni siqadigan hamma narsadan unga chiqish yo‘li ko‘rsatadi”, shaklida tafsir qilgan.

- Husayn ibn Fazlga ko‘ra, oyat tafsiri bunday: “Kim farzlarni ado etish borasida Allohdan qo‘rqsa, Alloh unga jazolanishdan qutulish yo‘lini ko‘rsatadi”.