Sayt test holatida ishlamoqda!
06 Iyul, 2025   |   11 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:13
Quyosh
04:56
Peshin
12:33
Asr
17:42
Shom
20:03
Xufton
21:39
Bismillah
06 Iyul, 2025, 11 Muharram, 1447

Fitr sadaqasini hayitdan oldin ado etgan kishi o'nta yaxshilikka erishadi

01.05.2022   1952   5 min.
Fitr sadaqasini hayitdan oldin ado etgan kishi o'nta yaxshilikka erishadi

Yaratganga behad hamdu sano va shukurlar bo'lsinkim, barchalarimiz Ramazon oyi ro'zasini imkon qadar tutib, Alloh taolo va'da qilgan ulkan mukofotni qabul qilish kuni bo'lgan Ramazon hayitidek ulkan shodiyona arafasida turibmiz.

Ramazon oyi muruvvat, xayr-ehson, yaxshilik qilish, o'zaro ittifoqlik, do'stlik, hamkorlik oyi bo'lgani uchun ham yurtimiz musulmonlari o'z hayotlarida ana shu xislat va sifatlarni tadbiq qilib, Allohning katta ajr-savoblariga sazovor bo'lishdi. Rasuli akram (s.a.v.) hayit kunining kechasini Allohdan katta mukofot olish vaqti, deb ataganlar. Kechagina barcha musulmonlar emak va ichmakdan o'zlarini tiyib, faqat toat va ibodat bilan mashg'ul bo'lgan bo'lsalar, bugun Alloh taoloning ne'matlaridan, ajr-savoblaridan bahramandlik, xursandchilik va shod-xurramlik ayyomi arafasida turibdilar. Darhaqiqat, Islom dinida hayit bir-birlariga g'amxo'rlik qiladigan va xursandchiliklar qilishga ijozat berilgan kundir. Yurtimizda ham Ramazxon hayiti dam olish kuni, bayram sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.

Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.) bir hadisi muboraklarida: "Beva va miskinga g'amxo'rlik qiluvchi kishi Alloh taolo yo'lida sa'y-harakat qiluvchi yoki kechalari toat-ibodat qilib, kunduzlari ro'za tutuvchi kishi kabidir", – dedilar. Azizlar, ushbu hadisi sharif mazmuniga kengroq fikr yuritib qarasak, etimlarga, beva-bechoralarga, boquvchisini yo'qotganlarga va yordamga muhtojlarga ko'mak berish va ularning duolarini olish, hollaridan xabar olish naqadar katta savob amal ekaniga yana bir bor ishonch hosil qilamiz.

Zero, Ramazon hayiti kunida barcha musulmonlar bir-birlarini muborakbod etib, tabarruk otaxon-onaxonlarga uzoq umr, imon, yoshlarga rushdi hidoyat tilashadi. Qarindosh-urug'larini, yoru birodarlarni ziyorat qiladilar, o'z yaqinlari va bemorlarning holidan xabar oladilar. Bu kunda mana shunday yaxshi amallar har bir ezgu niyatli insonning qalb ehtiyojiga aylanadi. Biror bir sababga ko'ra arazlashgan tanish-bilishlar hayit kunlarida bir-birlariga quchoq ochadilar, o'zaro uzr so'rashadi. Chunki kechirimli va mehr oqibatli bo'lish har bir musulmon uchun ham qarz, ham farzdir. Ramazon hayitining arafa kuni juda fazilatli amal hisoblanadi.

Abdulloh ibni Mas'ud (r.a) Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.)dan rivoyat qiladilar: "Mo'min bandalar Ramazon oyining ro'zasini butun tutib, hayit kuni namozgohga yo'l olganda, Alloh taolo farishtalariga: "Ey farishtalar, birovning xizmatini ado etgan kishi xizmat haqqini talab etadi. Bandalarim mening ro'zamning xizmatini ado etib, haqlarini olish uchun namozgohga bormoqdalar. Sizlar guvoh bo'linglar, ularni mag'firat qildim", - deydi. Shunda farishtalar: "Yo Muhammad (s.a.v.) ummatlari, endi uylaringizga boringlar, Alloh taolo gunohlaringizni kechirdi", - deb nido qiladilar".

Anas ibni Molik (r.a.) rivoyat qiladilar, Rasululloh (s.a.v.): "Kimki fitr sadaqasini hayitdan ilgari ado etmasa, uning ro'zasi er bilan osmon o'rtasida muallaq holda qoladi. Fitr sadaqasi berilganidan so'ng, Alloh taolo uning ro'zasiga ikkita yashil qanot ato etadi va ro'zasi parvoz qilib, ettinchi osmongacha boradi va arshdagi qandilga qo'nib, o'z egasiga roziligini izhor etadi" - deb marhamat qildilar.

Rivoyat qiladilarki: "Hazrati Usmon ibni Affon (r.a.) bir marotaba Fitr sadaqasini hayitdan oldin berishni unutib qo'ygan ekanlar. Hayit namozidan so'ng eslariga tushib, Fitr sadaqasining o'rniga bir qul ozod qildilar, so'ng Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.) huzurlariga borib: "Yo Rasululloh, fitr sadaqasini hayitdan oldin berishini unutgan ekanman. Fitr sadaqasining o'rniga bir qul ozod qildim", – dedilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Yo Usmon, yuzta qulni ozod etganning savobi fitr sadaqasini hayitdan ilgari berganlikning savobiga teng bo'lmaydi", - deb marhamat qildilar. Demak, fitr sadaqasini o'z egalariga o'z vaqtida berishlik juda fazilatli amal hisoblanadi.

"Fitr sadaqasini hayitdan oldin ado etganga Alloh taolo o'nta yaxshilik ato qiladi: uni gunohlardan pok etadi, do'zax otashidan saqlaydi, tutgan ro'zasini qabul qiladi, ana shu bandasiga Behishtni vojib qiladi, qabrdan sog'-salomat turg'izadi, ana shu yilda qilgan yaxshi amallarini qabul qiladi, u bandasiga shafo'atul Mustafoni vojib qiladi, sirot ko'prigidan yashin tezligida o'tkazadi, mezon tarozusida uning savoblarini og'ir qiladi va uning ismini badbaxtlar, baxtsizlar qatoridan chiqarib tashlaydi", – deb marhamat qildilar.

Vatanimiz istiqboli porloq, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi bardavom, xalqimiz farovonligi yanada ziyoda bo'lishini Yaratgandan so'rab qolamiz. Barchamizga Ramazon hayiti muborak bo'lsin.

Mirzamaqsud ALIMOV,

O'zbekiston musulmonlar idorasining Andijon viloyatidagi vakili, viloyat bosh imom-xatibi.

O'zA

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Imom Moturidiyning Hanafiy mazhabini yoyishdagi o‘rni

04.07.2025   5160   1 min.
Imom Moturidiyning Hanafiy mazhabini yoyishdagi o‘rni

Imom Abul Mu’in Nasafiy rahmatullohi alayh "Tabsiratul adilla" asarlarida Xuroson va Mavoraunnahr aholisi hanafiylikni Imomi A’zam rahmatullohi alayhning yetakchi shogirdi Imom Muhammad ibn Hasan Shayboniy, uning shogirdi Abu Suraymon Juzjoniy, uning do‘sti Shayx Abu Bakr Ahmad, Shayx Is'hoq Sobih Juzjoniy, Imom Abu Bakr Juzjoniy, Imom Abu Nasr Ahmad ibn Abbos Iyodiy Ansoriy va Imom Moturidiy silsilasi orqali o‘rgangan deb keltiradi. Imom Nasafiyning ta’kidlashlaricha bu olimlar ilk davrdan boshlab Movarounnahrning barcha hududlarida hamda Xurosonning Marv va Balx shaharlarida hanafiylik mazhabini yoyishda jonbozlik ko‘rsatishgan.

Imom Moturidiy rahimahulloh Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayhning e’tiqodiy qarashlarini yaxshi o‘zlashtirishdan tashqari mintaqamizda hanafiylik tarqalishida muhim hissa qo‘shganlar.

Kosonsoy tuman "Buzrukho‘ja" jome masjidi imom-xatibi

Sodiqjon Abdurahmanov

Manba: @Softalimotlar

MAQOLA