Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Noyabr, 2026   |   15 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:59
Quyosh
07:18
Peshin
12:15
Asr
15:16
Shom
17:00
Xufton
18:17
Bismillah
25 Noyabr, 2026, 15 Jumadul soni, 1448

Intiluvchan kishilar

18.12.2023   1721   4 min.
Intiluvchan kishilar

Kofur Ixshidiy va uning do'sti qora qul edilar. Ularni Misrga bozorda sotgani olib kelishdi. Kofurning do'sti “Oshpazga sotilsam edi, xohlaganimcha qornimda to'yg'azib yurardim”, deb orzu qildi. Kofur esa shu shaharga podshoh bo'lishni orzu qildi. Har ikkisi ham orzusiga etdi. Kofurning do'sti oshpazga sotildi, o'zi esa Misrning voliysi Ixshidga o'n sakkiz dinor evaziga sotildi. Ixsid vafotidan keyin Kofur Ixshidning ikki o'g'li – Unujur va Aliy nomidan hukumat ishlarini boshqardi.

Ali vafot etgach Kofur hukumat boshqaruvida yakka o'zi qoldi va amirlik hududini kengaytirishga kirishdi. Kofur mutlaq podshoh sifatida hukumatni yigirma ikki yil davomida boshqardi. Buning boshlanish davri Ixshidiylar davlati tuzulganining o'ttiz to'rtinchi yiliga to'g'ri keladi. Kofur qullikdan hukumat tepasiga ko'tarilgan noyob tarixiy shaxs hisoblanadi. Bu islom tarixida ilgari kuzatilmagan hodisa edi, garchi keyinchalik bir-necha marta bo'lgan bo'lsa ham.

Bir kuni Kofur haligi do'stining yonidan o'tib qolibdi, qarasa u juda yomon holatda oshpazning oldida yurgan ekan. Shunda atrofidagi odamlarga aytibdiki: “Uni bu holatga tushurgan narsa himmatini past qilganligidir, shu sabab uni mana shu ahvolda ko'rib turibsiz. Meni esa himmatim yuqoriga parvoz ettirdi, mana hozir ko'rib turibsiz… Agar biz ikkimizning himmatimiz bir xil bo'lganida edi, ishimiz ham bir xil bo'lardi!”.

Biz Kofur va do'stining holi haqida ko'p tafakkur qilishga muhtojmiz! Kelajagini qurmoqchi bo'lgan har qaysi inson o'zgartirishni avvalo o'zidan, ichidan boshlashi lozim. O'zini o'zgartirgandan keyingina yon-atrofidagi ishlarni o'zgartirishga o'ta oladi. Bu imkonsiz ish emas, balki imkonsiz ish – siz o'zingiz imkonsiz deb hisoblagan narsadir!

Abdurahmon Doxil umaviylar davlati qulab, hukumat abbosiylarga o'tgandan keyin Shomdan qochib ketdi. U vaziyatga ko'nib yashashni xohlamadi, o'zgartirishni tanladi va alal-oqibat nasroniylar shaharlari ichida davlat qurdi. U qurgan davlat islom madaniyati sifatida shakllanib, sakkiz asrdan oshiq davom etdi.

Mana Mandiloni olaylik, u Afrika janublaridagi qamoqxonada yigirma sakkiz yil yashadi. U qamoqdalik holida odamlarga boshchilik qilardi, hayot tarzini yangilash, yaxshilashda jonbozlik qilardi. Uning harakatlaridan xabar topgan Janubiy Afrika hokimi Deklark uni qamoqdan ozod etdi va Mandilo hokimga aylandi. Nafaqat hokim, yigirmanchi asr afsonasiga aylandi. Oldingi hokim esa unut bo'lib ketdi.

Yoki Helen Kellerni misol qilaylik, u 1880-yil tug'ma kar, soqov, ko'r holda dunyoga keldi. Shunga qaramay u yozuvchi, o'qituvchi, siyosiy tafakkur sohibasi bo'lib etishdi va insoniy muvaffaqiyat borasida bashariyatga namuna bo'ldi. Faqat nogironlarga emas, sog'lomlarga, hatto ulardan balandlarga ham! Bu ayol o'zidagi uchta to'siqqa (ko'zi ojizlik, eshitmaslik, zabonsizlikga) qarshi kurashib, sa'y-harakat, yaxshilikka to'la hayot kechirdi.

Shulardan xulosa qilib aytamizki, hayot taraqqiyoti voqe'likka rozi bo'lib hayot kechirib yuravermaydigan, past holatga ko'nmaydigan oqil, zakovatli kishilarga muhtoj ekan. Bunday odamlar izchil harakatda bo'ladilar, harakatlaridan malollanib yoki charchab qolmaydilar. Zero o'zgartirish, taraqqiy ettirish, faol harakatda bo'lish tiriklarning ishidir! Jim-jitlik, sukunat qabrdagi o'liklarga xos!

Ibn Qayyim rohimahulloh aytadi: “Oliyhimmat kishilar faqat eng oliy va oqibati maqtovli narsalarnigina o'zlariga ravo ko'rishadi. Himmati past odamlar esa past narsalar atrofida o'ralashib yurishadi va ularga xuddi pashsha axlatlar ustiga qo'nganidek qo'nishadi!”.

Doktor Hasson Shamsi Poshoning "Metin qoyalar" kitobidan

G'iyosiddin Habibulloh, Ne'matulloh Isomov tarjimasi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Qardosh muftiylar hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qildilar

25.11.2026   3535   1 min.
Qardosh muftiylar hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qildilar

Turkiya safar davomida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari va Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi raisi, professor, doktor Safiy Arpagush o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot avvalida Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari mezbonni Fatvo kengashlarining xalqaro maslahat yig‘ilishi yuksak saviyada va muvaffaqiyatli o‘tgani bilan muborakbod etdilar.

Muftiy hazratlari ikki qardosh mamlakat rahbarlarining sa’y-harakatlari tufayli o‘zaro hamkorlik munosabatlari tobora kengayib, ayniqsa, ulamolar o‘rtasidagi aloqalar yangi bosqichga ko‘tarilganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Shuningdek, mazkur nufuzli anjuman musulmon ummati oldida turgan dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun muhim muloqot maydoni bo‘lgani, unda qabul qilingan bayonot va tavsiyalar barcha musulmon xalqlari uchun manfaatli bo‘lishi ta’kidlandi.

O‘z navbatida, professor, doktor Safiy Arpagush O‘zbekiston muftiysining xalqaro yig‘ilishdagi faol ishtiroki va sermazmun nutqi uchun katta minnatdorlik izhor etdi.

Ushbu maslahat yig‘ilishi ummat birligini mustahkamlash va zamonaviy muammolarga jamoaviy ijtihod asosida mo‘tadil yechim topishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlar ekan, hamkorlikda fatvolar ishlab chiqishni rivojlantirish, ularda ijtimoiy voqelikni hisobga olish, axborot asridagi fatvo tarqoqligining oldini olish maqsadida raqamli maydonda rasmiy fatvolarni keng yoyish hamda sun’iy intellektdan faqat tadqiqot vositasi sifatida foydalanib, uni fatvo berish manbaiga aylantirmaslik zarurligini alohida bayon etdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

 

O'zbekiston yangiliklari