Qirg'izistonda musulmonlar uchun muqaddas Ramazon oyiga bag'ishlangan diniy va ommaviy tadbirlar katta ishtiyoq bilan o'tkazilmoqda. Ramazonga xos ma'naviy muhitni saqlab qolish maqsadida bu yil mo'min-musulmonlarga keng ko'lamli iftorlar tashkil etilmoqda.
Iftorlar mahalliy va xorijiy xayriyachilar tomonidan tashkil etiladi. Bishkek markaziy masjidi hovlisida vaqt o'tkazayotgan yoshlar iftorga kelgan mehmonlarni kutib olishadi va kechki ovqat paytida keksalarga yordam berishadi.
Uyushmalar kambag'allar uchun iftorlar tashkil qiladi. Yosh ko'ngillilar madrasaning muhtoj tarbiyalanuvchilariga oziq-ovqat tarqatishni tashkil etishadi.
Islam.ru xabar berishicha, Bishkek masjidlarida tarovih namozini mo'minlar Qur'on hofizlari ishtirokida o'qishadi.
Bishkek markaziy masjidi imomi Abdiqodir Surano'g'li Anadolu agentligiga bergan interv'yusida musulmonlar uchun muqaddas Ramazon oyi katta ishtiyoq bilan o'tkazilayotganini aytdi. "Bizning masjidimiz har kuni 1000 kishiga iftorlar tashkil qiladi", - deydi imom.
"Tarovih namozlari umuman Bishkekdagi 71 masjidda o'qiladi", - ta'kidladi Surano'g'li.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasining «Hidoyat» va «Mo‘minalar» jurnallari hamda «Islom nuri» gazetasiga 2026 yil uchun obuna mavsumida faol ishtirok etib, nashrlarni xalqimiz orasida keng targ‘ib qilishga munosib hissa qo‘shgan imom-xatiblar va mas’ullarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Navoiy viloyati bosh imom-xatibi Temurxon domla Atoyev, shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Shamsuddinxon Boboxonov» nashriyot-matbaa ijodiy uyi vakillari — Davriy nashrlar bo‘limi boshlig‘i Ibrohim Inomov hamda bosh muharrir Abdujalil Ho‘jamov ishtirok etdilar.
Tadbir davomida diniy-ma’rifiy nashrlarning bugungi kundagi o‘rni va ahamiyati, ularni keng ommaga yetkazishda imom-xatiblar hamda mas’ullarning vazifalari haqida atroflicha fikr yuritildi.
Tadbir yakunida obuna jarayonlarida faol ishtirok etgan bir guruh imom-xatiblar va mas’ullarga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.