Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Sentabr, 2026   |   5 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:44
Quyosh
06:04
Peshin
12:18
Asr
16:41
Shom
18:35
Xufton
19:51
Bismillah
16 Sentabr, 2026, 5 Rabi`us soni, 1448

Saudiya Arabistoni Jibuti va Somalida iftor dasturini boshladi

13.04.2022   4564   1 min.
Saudiya Arabistoni Jibuti va Somalida iftor dasturini boshladi

Saudiya Arabistoni yakshanba kuni Jibutida Qirol Salmonning iftor dasturini boshladi va odamlarga muqaddas Ramazon oyida ro'za tutishga yordam berish uchun oziq-ovqat tarqatdi.
Islam.ru xabariga ko'ra, Saudiya Arabistoni va Jibutining bir necha rasmiylari dasturning ishga tushirilishida ishtirok etdi.
Somalida vazirlik har ikki davlat vakillari ishtirokida iftorlik dasturini ham boshlab yubordi. Dastur Qirollikning xayriya va gumanitar faoliyati doirasida, ayniqsa Ramazon oyida oziq-ovqat savatlarini tarqatishga qaratilgan.
Saudiya Arabistoni bu yil 34 mamlakatda 2 aprel' kuni boshlangan muqaddas oy davomida 1,2 millionga yaqin kishini iftorlik bilan ta'minlash bo'yicha loyihalarni boshladi. Shuningdek, Markaz Nigerning turli shaharlarida 454 ta oziq-ovqat savatlarini tarqatdi, ulardan 2270 kishi foydalangan.
Ushbu yordam 19 mamlakatlarda Ramazon oyida 8 430 tonna og'irlikdagi 156 993 ta oziq-ovqat savatlarini 901 463 nafar kishiga tarqatishni maqsad qilgan Eta'am tashabbusining bir qismidir.

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ozarbayjonning tabarruk qadamjolari ziyorat qilindi

16.09.2026   1152   1 min.
Ozarbayjonning tabarruk qadamjolari ziyorat qilindi

Ozarbayjon safari davomida Turkiy davlatlar muftiylari va anjuman ishtirokchilari Boku, Fuzuliy, Ag‘dam, Shusha singari shaharlardagi muborak qadamjolarni ziyorat qilishdi. Xususan, Boku shahridagi Sayyid Yahyo Bakuviy ziyoratgohi va "Shahidlar xiyoboni"da bo‘ldilar.

Tashkilotchilar iltimosiga binoan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Ag‘dam shahridagi tarixiy “Juma” masjidida turli davlatlardan kelgan muftiylar, ulamolar va martabali mehmonlarga peshin namozida imomlik qilib berdilar.

 Ziyoratlar asnosida ulamolar tomonidan Qur’oni karim oyatlari o‘qilib, qardosh ellar tinchligi, barqarorligi va birdamligini so‘rab xayrli duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari