Bugun, 11 aprel' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari Farg'ona viloyatiga safarlari davomida Qo'qon shahridagi “Degrezlik” masjidiga peshin namoziga tashrif buyurib, qo'qonlik mo'min-musulmonlarga ilk ma'rifiy suhbatni qilib beradilar.
Ayni paytda Muftiy hazratlari va mo'min-musulmonlar tashriflariga masjidda barcha tayyorgarliklar hozirlangan.
Ma'lumot uchun, “Degrezlik” jome masjidi Qo'qon shahrida joylashgan bo'lib, 2011 yilda hashar yo'li bilan barpo etilgan. Masjidning umumiy maydoni 21 sotixni tashkil etadi. Jomeda bir vaqtning o'zida 4500 nafar namozxon emin-erkin ibodat qilishi mumkin. Buning uchun barcha sharoitlar yaratilgan. “Degrezlik” so'zi “cho'yan quyuvchi” ma'nosini anglatadi.
Muftiy hazratlarining go'zal suhbatlaridan bahra olish uchun mo'min-musulmonlarimizni taklif etamiz.
▶️ Ushbu tashrif sayt va ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali onlayn efirga uzatiladi.
Youtube orqali tomosha qilish (https://www.youtube.com/channel/UCQGFSBrqwBCKY5SYk_6wm7A)
Facebook orqali tomosha qilish (https://www.facebook.com/muslimuzportal)
Instagram orqali tomosha qilish (https://www.instagram.com/muslimuzportali/)
Telegram voice orqali eshitish
(https://t.me/muslimuzportal?voicechat)? ITV orqali tomosha qilish (https://itv.uz/#!/concert/34) (tas-ix)
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Muslim.uz
@muslimuzportal | @mp3muslim | @diniysavollar
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Jizzax viloyati Baxmal tumani bosh imom-xatibi Rahmonqul domla Mamatqulovga qizlari Mastura Tojiboyevaning vafoti munosabati bilan ta’ziya bildiradi.
Alloh taolo marhumani O‘z mag‘firatiga olib, iymon va solih amallarini o‘zlariga hamroh etsin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin!
Haq taolo marhumaning ahli oilasi, farzandu arjumandlari va yaqinlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxshiliklar ila mukofotlasin.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.
«Musibat yetganda “Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz”, degan sabrlilarga xushxabar bering».
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Muslim.uz