Antaliyada Ramazon oyi davomida 2000 tadan ortiq masjidlarda an'anaviy xatm Qur'on o'tkaziladi. Islam.ru xabariga ko'ra, shaharning eng qadimiy masjidlaridan biri – Fotih, Murot Posho, Tekeli Mehmet Posho, Balibey, Myuzellim, Kir va Ihsaniye masjidida peshin namozidan oldin yoki keyin o'tkaziladigan xatm Qur'onda ko'plab kishilar qatnashadi.
Antaliyaning Kepez tumani muftiysi Metin Arkakliog'lu Turkiyada Ramazon oyidagi xatm odatda ro'za tutishning birinchi kunidan boshlanib, Iyd al-Adha bayrami arafasigacha davom etishini eslatdi.
"Biz masjidlarimizda mo'min-musulmonlarning Ramazon oyining foydalaridan eng ko'p bahramand bo'lishlarini istaymiz. Qur'onni o'zi o'qiy olmaydiganlar uni tinglaydilar, barakot va ilhom oladilar", - deydi muftiy.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasida aholi bilan muloqot tizimini takomillashtirish va murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Unda mazkur yo‘nalishga mas’ul bo‘lgan mutaxassislar bevosita hamda masofaviy tarzda ishtirok etdi.
Tadbirni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov kirish so‘zi bilan ochib, fuqarolarning murojaatlariga yuksak hurmat bilan qarash va ularning dardiga oqilona yechim topish har bir rahbar hamda xodimning nafaqat vazifasi, balki oliy insoniy burchi ekanini alohida ta’kidladi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasining mas’ul vakillari – Davlat tashkilotlari tomonidan murojaatlar ko‘rib chiqilishini nazorat qilish sho‘basi bosh inspektori Saidakmal Xodjayev hamda sho‘ba yetakchi inspektori Rashid Kurganov ishtirok etib, tizimdagi holatni qonunchilik talablari asosida atroflicha tahlil qilib berdilar.
Soha mas’ul mutaxassislari tomonidan ayni yo‘nalishdagi Prezident Farmoni ijrosi doirasida murojaatlarni ko‘rib chiqishda qonuniylik va tezkorlikni ta’minlash, jarayon shaffofligini oshirish hamda murojaatlarni nazoratdan olishning mexanizmlarini to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Ochiq muloqot ruhida o‘tgan mazkur tadbir tizim xodimlarining murojaatlar bilan ishlash madaniyati va huquqiy savodxonligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Amaliy tahlillarga boy bo‘lgan ushbu seminar fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini to‘laqonli himoya qilish hamda xalqimizning diniy-ma’rifiy sohaga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash yo‘lidagi muhim va tizimli qadam bo‘ldi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati