Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Sentabr, 2026   |   6 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:45
Quyosh
06:05
Peshin
12:18
Asr
16:40
Shom
18:33
Xufton
19:49
Bismillah
17 Sentabr, 2026, 6 Rabi`us soni, 1448

Jannatga musobaqalashing

04.04.2022   3163   3 min.
Jannatga musobaqalashing

“Rabbingizning mag'firatiga va Allohga hamda Uning Payg'ambarlariga imon keltirganlar uchun tayyorlangan, kengligi osmonu erning kengligicha bo'lgan jannatga musobaqalashing. Ana o'sha, Allohning fazli. Kimga xohlasa, beradi. Alloh ulug' fazl egasidir” (Hadid surasi,  21-oyat).

O'zbekiston musulmonlari idorasi, “Vaqf” xayriya jamoat fondi va Toshkent shahar hokimiyati bilan hamkorlikda 2022 yil 30 mart kuni Toshkent shahrida “Siz bizga keraksiz!” shiori ostida imkoniyati cheklanganlar uchun tadbir o'tkazildi. Unga Toshkent, Navoiy, Andijon, Samarqand viloyatlaridan 250 nafar imkoniyati cheklangan fuqarolar tashrif buyurishdi.

Tadbirni Toshkent shahar vakilligi xodimi Abduqahhor Yunusov Qur'oni karim tilovati bilan boshlab berdi. So'ng, ishtirokchilarni yaqinlashib kelayotgan Ramazon oyi munosabati bilan muborakbot etdi.

Shuningdek, tadbirda Toshkent shahar, Toshkent va Navoiy viloyatlaridan kelgan imkoniyati cheklangan fuqarolar o'rtasida “40 farz bayoni” bo'yicha musobaqa o'tkazildi.

Musobaqa uch shartdan iborat bo'lib:

1-shart. Bilet bo'yicha 3 ta savolga javob berish;

2-shart. Guruhlar o'rtasida o'zaro savol-javob;

3-shart. Erkin mavzu.

Ushbu musobaqa natijasiga ko'ra:

1-o'rin Toshkent shahri, 2-o'rin Navoiy viloyati, 3-o'rin Toshkent viloyati imkoniyati cheklanganlariga nasib etdi.

Musobaqa g'oliblariga “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan esdalik sovg'alar ulashildi. Tadbir so'ngida imkoniyati cheklanganlar tomonidan imo-ishorada ijro etilgan nashidlar, sahna ko'rinishlari barchaga ko'tarinki kayfiyat baxsh etdi.

Biz o'z jamoamiz nomidan barcha g'oliblarni tabriklaymiz.

Ushbu tadbirlarning muhim jihati shundaki, yuzlab ko'ngli yarim, qalbi o'ksik kishilarimizga shodlik ulashadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir hadislarida: «Alloh taologa farzlardan keyingi eng sevimli amal musulmonning qalbiga xursandlik kirgizishdir», deganlar.

Eshitish va gapirish qobiliyati cheklangan bunday insonlarning siniq ko'ngillarini ko'tarib, dillariga xursandchilik ulashish huzurbaxsh amallardan ekaniga shubha yo'q.

 

 

Munira ABUBAKIROVA

Hotin-qizlar masalalari bo'yicha bo'lim mutaxassisi

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Samimiy muloqot – muammolar yechimiga yo‘l

16.09.2026   10177   1 min.
Samimiy muloqot – muammolar yechimiga yo‘l

 O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyatining aholi bilan ochiq va samimiy muloqotlari fuqarolar murojaatlarini o‘rganish hamda ularni hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

 Bugun, 16 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov Diniy idoraga kelgan bir guruh fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaat, arz va takliflarini tingladilar.

 Muloqot davomida imomlar faoliyatini yanada takomillashtirishga oid takliflar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ustozdan xayrli duo olish niyatida kelganlar, o‘zlari yozgan kitoblarini taqdim etganlar ham bo‘ldi. Moddiy yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarga esa belgilangan tartibda tegishli ko‘mak ko‘rsatildi.

 Samimiy qabul va ko‘rsatilgan e’tibordan mamnun bo‘lgan fuqarolar minnatdorlik bildirib, xayrli duolar qilishdi.

Darhaqiqat, inson dardiga sherik bo‘lish, uning tashvishini yengillatish — savobi ulug‘ amaldir.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qilganlar:

«Kim birodarining hojatini ravo qilsa, Alloh uning hojatini ravo qiladi. Kim bir musulmonning tashvishini aritsa, Alloh uning Qiyomat kunidagi tashvishlaridan birini aritadi» (Imom Buxoriy rivoyati).



 Eslatib o‘tamiz, bunday qabullar O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududiy vakilliklari hamda barcha jome masjidlarida har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati 

Samimiy muloqot – muammolar yechimiga yo‘l Samimiy muloqot – muammolar yechimiga yo‘l Samimiy muloqot – muammolar yechimiga yo‘l Samimiy muloqot – muammolar yechimiga yo‘l Samimiy muloqot – muammolar yechimiga yo‘l Samimiy muloqot – muammolar yechimiga yo‘l
O'zbekiston yangiliklari