frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null
Maqolalar

Bepushtlikni davolashda ro'zaning foydalari

02.04.2022   13332   1 min.
Bepushtlikni davolashda ro'zaning foydalari

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, ayollarda prolaktin garmoniortib ketishi tufayli kelib chiqadigan bepushtlikni davolashda ro'zaning o'rni beqiyos. Chunki ayol ro'za tutganda mazkur garmon me'yoriga kelib, undagi tabiiy holat tiklanadi va bepushtlik yo'qoladi.

Ulamolar va tibbiyot mutaxasislari birgalikda ilmiy tadqiqot olib borib, ro'za yigitlarning jinsiy rag'batiga ta'sirini o'rganib, uikki bosqichda o'tishini aniqlashdi:

Birinchisi, erkak kishi ro'za tutgan kunlari va undan keyin qisqa muddat(uch kun) davomida jinsiy rag'bati susayadi. Bunga Nabiy sollallohu alayhi vasallam uylanishga imkoni yo'q bo'lib, shahvatini tiya olmaydigan yigitlarga aytgan hadislarida ta'kidlaganlar. Hadisi sharifda: “Ey yigitlar jamoasi, sizlardan kim nikohga qodir bo'lsa, u uylansin. Albatta, u(uylanish) ko'zni tiyuvchiroq va farjni saqlovchiroqdir. Uylanishga ham imkoni bo'lmasa, ro'za tutsin. Ro'za uning uchun bichilishdirdeyilgan (Imom Muslim rivoyati).

Demak, ro'za tutish kishining shahvatini boshqarib,jinsiy maylini tartibga keltiradi.

Ikkinchisi, bir necha kun ro'za tutgandan keyin erkak kishining jinsiy quvvati ro'zani boshlashidan avvalgi holatiga qaraganda bir necha barobar ortadi. Ramazon ro'zasini tutish asnosida, insonning immunitet tizimi kuchayadi, bo'g'imlarda uchraydigan yallig'lanishlar tuzaladi, oshqozon yarasini hosil qiluvchi ortiqcha kislotalar yig'ilishi bartaraf bo'ladi.

 

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Malayziya telekanalida O‘zbekistonning ziyorat turizmi imkoniyatlari keng yoritildi

17.08.2026   59548   2 min.
Malayziya telekanalida O‘zbekistonning ziyorat turizmi imkoniyatlari keng yoritildi

Malayziyaning “Berita RTM” telekanalida O‘zbekistonda ziyorat turizmi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan maxsus dastur namoyish etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida efirga uzatilgan ushbu ko‘rsatuvda malayziyalik professorlar – Badrul Isa va Norfadilah Kamaruddin tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston–Malayziya: kreativ turizm” nomli loyiha taqdim etildi.

Olimlar tashabbusi bilan yaratilgan mazkur loyiha mamlakatimizning Malayziyadagi elchixonasi, Turizm qo‘mitasi va Islom sivilizatsiyasi markazi hamkorligida amalga oshirildi.

Tashabbus O‘zbekistonning turizm imkoniyatlari haqida “Visual storytelling” formatida professional raqamli kontent yaratishni nazarda tutadi.

Loyihaga ko‘ra, 17–31 avgust kunlari Malayziya UiTM texnologiya universitetining professional fotograflari va dizaynerlaridan iborat ijodiy jamoa Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xorazmda suratga olish ishlarini olib boradi.

Malayziyalik ijodkorlar yurtimiz haqida tayyorlagan foto va videomateriallar “Instagram”, “Facebook”, “TikTok”, “YouTube” kabi internet platformalarda joylashtirilishi rejalashtirilgan. Loyihada yurtimiz oliy o‘quv yurtlarining dizayn, san’at, turizm va mehmonxona biznesi yo‘nalishidagi talabalari ham ishtirok etadi. Bu akademik, turizm va ijodiy sohalarda tajriba almashishni tashkil etish imkonini beradi.

Dasturda fikr bildirgan Badrul Isa loyiha ASЕAN mamlakatlari va musulmon olamida O‘zbekistonni yanada kengroq tanitishga xizmat qilishini ta’kidladi. Uning fikricha, raqamli platformalar orqali mamlakatimiz tarixiy merosi, ziyorat turizmi va amalga oshirilayotgan so‘nggi o‘zgarishlari keng yoritiladi.

“Biz boy tarixiy meros, yuksak madaniyat va mehmondo‘st xalqqa ega bo‘lgan O‘zbekistonni ASЕAN mintaqasi aholisi tomonidan qayta kashf etilishini istaymiz”, – dedi professor.

Shuningdek, u O‘zbekiston xalqini mustaqillikning 35 yilligi bilan tabriklab, loyiha natijalari ushbu sanaga munosib sovg‘a bo‘lishini qayd etdi.

Ushbu tashabbus O‘zbekistonning ziyorat turizmini ommalashtirish va ASЕAN mamlakatlaridan ko‘proq sayyohlarni jalb qilishga xizmat qilishi kutilmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari