Ro'za tutish insonning qandli diabet kasaliga chalinmasligiga sabab bo'ladi. Doktor Ahmad Fanjariy aytadi: “Ro'za tutganda qondagi qand(shakar) miqdori eng past darajagacha tushadi. Bu esa oshqozon osti bezi faoliyatini me'yoriga keltiradi. Ma'lumki, oshqozon osti bezi insulin ishlab chiqaradi. Bu qand moddasini tindirib yog'ga aylantiradi va to'qimalarda to'playdi. Agar ortiqcha ovqat iste'mol qilinsa, oshqozon osti bezi faoliyati buzilib, o'z vazifasini bajara olmaydi. Natijada, qondagi qand miqdori ortib, vaqt o'tgan sari qandli diabet kasalligini paydo qiladi. Oshqozon osti bezining me'yorda ishlashi va qandli diabet kasalligining oldini olinishida ro'zaning o'rni beqiyosdir”.
Ro'za tutish bilan qon va teridagi suv miqdori kamayadi. Natijada:
Tibbiyot mutaxassislari tadqiqotlar natijasida ro'zaning “Ekzema”(teri kasalligi, terida pufakchalar hosil bo'lishi, qo'tir-qo'tir va katta-kichik po'st paydo bo'lishi bilan kechadi) va “Podagra”(moddalar almashinuvi buzilganda uchraydigan kasallik. Bu kasallik ko'p ovqatlanish va vazn ortib ketishi tufayli kelib chiqadi) kasalliklariga eng yaxshi muolaja bo'lishini aniqlaganlar.
Davron NURMUHAMMAD
Shu yil 3 may kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyat bosh imom-xatibi Musoxon domla Abbosiddinov raisligida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilayotgan masjidlarning imom-xatib va mutavallilari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Ko‘rilgan masalalar masjidlardagi qurilish-ta’mirlash ishlari shaharsozlik me’yorlariga to‘liq muvofiq bo‘lishi va qurilishga oid hujjatlarni talabga muvofiq yuritish hamda qurilishlar sodda, oddiy va dabdabadan holi bo‘lishi bo‘yicha mas’ullarga zaruriy tavsiyalar berildi. Qurilish-ta’mirlash ishlarini sifati va belgilangan vaqtda yakunlash zarurligi yana bir bor eslatildi.
Barcha imom-xatib va xodimlarga masjidlar hamda ularga olib boruvchi 100 metr masofadagi yo‘llardagi tozalash va obodonlashtirish ishlari doimiy bo‘lishi, namozxonlar uchun sharoitlarni yanada qulay bo‘lishi alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, tahoratxonalardagi sharoitlarni zamonaviy talab darajasiga keltirish kabi vazifalar yuklatildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Namangan viloyati vakilligi
atbuot xizmati