Ayni damda butun musulmon olami muborak Ramazon oyini munosib kutib olish harakatida. O'zbekiston musulmonlari idorasi ham bu borada bir qator xayrli ishlarni amalga oshirmoqda.
Hususan, O'zbekiston musulmonlari idorasining “Qur'on va tajvidni o'rgatish” bo'limi tomonidan 1443/2022 yil Ramazon oyida Toshkent shahri masjidlarida tarovih namozlarida o'qiladigan xatmi Qur'onning kunlik taqsimoti belgilandi. Unga ko'ra, xatmi Qur'on ro'zaning birinchi kunidan boshlab, 27 sana – Qadr kechasida yakunlanishi mo'ljallanmoqda.
Quyida Qur'on oyatlarining kunlik o'qiladigan tartibi bilan tanishishingiz mumkin:
1443/2022 YIL RAMAZON OYI TOShKYeNT ShAHRIDAGI TAROVIH NAMOZLARIDA O'QILADIGAN HATMI QUR_''ONNING KUNLIK TAQSIMOTI

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Muslim.uz
@muslimuzportal | @mp3muslim | @diniysavollar
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam musulmonlarni uy va hovlilarni ozoda tutishga, chiqindi va axlatlarni to‘plab qo‘ymaslikka chaqirganlar. U zot alayhissalom bunday deganlar: “Albatta, Alloh xushholdir, xushhollikni suyadir. Ozodadir, ozodalikni suyadir. Karamlidir, karamni suyadir. Saxiydir, saxiylikni suyadir. Shunday ekan, hovlilaringizni ozoda tuting! Yahudiylarga o‘xshamang!” (Imom Termiziy rivoyati).
Uyda axlat to‘plab qo‘yish nafaqat diniy, balki tibbiy va psixologik jihatdan ham katta zararlarga ega. Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib tashlamaslik uy muhiti va inson salomatligiga jiddiy xavf tug‘diradi.
To‘plangan axlat suvaraklar, pashshalar, sichqon va kalamushlarni o‘ziga tortadi. Ular vabo, tif va dizenteriya kabi xavfli infeksiyalarni tashiydi.
Oziq-ovqat qoldiqlari tez chiriydi. Natijada havoda ko‘zga ko‘rinmas zamburug‘ sporalari ko‘payib, allergiya va astmani qo‘zg‘atadi.
Chirish jarayonida ammiak va vodorod sulfid kabi gazlar ajraladi. Bu gazlar bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi va nafas qisishiga sabab bo‘ladi.
Betartib va axlat to‘la uyda yashash inson miyasini toliqtiradi. Bu doimiy stress, asabiylik va surunkali charchoqni keltirib chiqaradi.
Ifloslangan havo va tartibsizlik odamning ish qobiliyatini pasaytiradi. Diqqatni bir joyga jamlash qiyinlashadi.
Davron NURMUHAMMAD