O'tgan yakshanba kuni Ramazon oyiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida Makka shahridagi Ka'ba matolarini tozalash ishlari boshlandi.
Ka'bapo'shga texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha direktor Fahd al-Jobiriyning aytishicha, ta'mirlash ishlari Ka'baning kamarini va matoning chetlarini mustahkamlashdan iborat.
Ka'baning kamari erdan 9 metr balandlikda osilgan bo'lib, uning qora ipak matosiga Qur'oni karim oyatlari zarhal kumush iplar bilan naqshlangan.
Al-Jobiriyning ta'kidlashicha, ka'bapo'sh har kuni tekshiriladi va mutaxassislar jamoasi tomonidan vaqti-vaqti bilan texnik xizmat ko'rsatilishi kerak, ularning ko'pchiligi bu ish bilan 20 yildan ortiq muddatdan beri shug'ullanib keladi.
O'MI Halqaro aloqalar bo'limi
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi «Zomin» jome masjidida diniy soha xodimlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan tashkiliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasining Sirdaryo viloyati vakilligi rahbariyati, tuman va shahar bosh imom-xatiblari, hudud masjidlari imomlari, otinoyilar, «Haj» ziyoratchilari hamda MFY raislari qatnashdi.
Uchrashuvda yurt tinchligini asrash, yosh avlodni milliy va diniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash hamda noxush holatlarning oldini olish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbir doirasida amaliy sa’y-harakatlar ham olib borildi:
Imom-xatiblar va otinoyilar mahallalardagi ehtiyojmand va ko‘makka muhtoj oilalar xonadonlariga tashrif buyurdilar.
Jarayonda jami 112 ta xonadon (imom-xatiblar tomonidan 83 ta, otinoyilar tomonidan 29 ta oila) holidan xabar olinib, ularning muammo va takliflari o‘rganildi.
Fuqarolarga ma’naviy-ma’rifiy dalda berilib, zarur amaliy yordamlar ko‘rsatildi.
O‘MI Sirdaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati