168-CAVOL:
Aytishlaricha, ro'zador odam o'z so'lagini yutsa ro'zasi ochilib ketishi mumkin ekan. Bu gap qanchalik to'g'ri? Savolim nojoiz bo'lsa oldindan uzr.
JAVOB:
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Ro'zador so'lagi (tufugi)ni yutishi bilan ro'za ochilmaydi. “Muhitul Burhoniy” nomli kitobda bu haqida shunday deyiladi:
وَإِذَا جَمَعَ الصَّائِمُ رِيْقَهُ فِي فَمِهِ ثُمَّ ابْتَلَعَهَا لَمْ يُفْطِرْهُ
“Ro'zador og'zida tufugini yig'ib keyin yutib yuborsa, ro'zasi buzilmaydi”.
Qasddan so'lagini og'zida to'plab yutish esa makruh bo'ladi. Bu haqda “Fatovoi hindiyya”da quyidagi jumlalar keltirilgan:
وَيُكْرَهُ لِلصَّائِمِ أَنْ يَجْمَعَ رِيقَهُ فِي فَمِهِ ثُمَّ يَبْتَلِعَهُ كَذَا فِي الظَّهِيرِيَّةِ
“Ro'zador tufugini og'zida yig'ib keyin yutib yuborishi makruh bo'ladi. “Zohiriyya”da shunday keltirilgan”.
Demak, tufukni qasddan og'izda yig'ib, yutishdan iloji boricha saqlanish kerak bo'ladi. Odatdagi holatda esa so'lakni ichga o'tishi makruh emas. Vallohu a'lam.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
fatvo hay'ati.
Joriy yilning 13–16 sentyabr kunlari Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida Turkiy davlatlar muftiylari kengashining navbatdagi VII yig‘ilishi hamda uning doirasidagi bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tadi.
Yig‘inlarda turkiy dunyoning yetakchi din peshvolari – O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, Shayxulislom Allohshukur Poshshozoda, Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi raisi Safi Arpagush, Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, bosh muftiy Navro‘zbay hoji Tag‘anuli, Qirg‘iziston musulmonlari diniy nazorati raisi, muftiy Abdulaziz qori Zakirov, Turkmaniston muftiyci Rahmon Qurbonmurodov kabilar boshchiligidagi turkiy davlatlar ulamolaridan iborat delegatsiyalar ishtirok etadi.
Mamlakatimiz delegatsiyasi safidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi, Fatvo markazi, hududiy vakilliklar hamda oliy diniy ta’lim muassasalaridan vakillar joy olgan.
Tadbirlar doirasida ulamolar musulmon ummati uchun muhim bo‘lgan shar’iy masalalar, zamonaviy fatvolar va mushtarak tashabbuslarni muhokama qilib, yakuniy hujjatlarni imzolaydilar. Shuningdek, ilmiy-amaliy anjuman, ikki tomonlama muzokaralar hamda tabarruk qadamjolar ziyorati ham rejalashtirilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati