Birlashgan Arab Amirliklari rasmiylari ikki yillik tanaffusdan so'ng Muqaddas Ramazon oyida an'anaviy chodirlarning qaytishini e'lon qildi. Mazkur chodirlar an'anaviy suhbatlar va iftorlik uchun mo'ljallangan.
Islam.ru xabariga ko'ra, pandemiyadan oldin masjidlar yonida chodirlar o'rnatilar, faqirlar u erda ovqatlanishlari mumkin edi. 2020 yil pandemiya davrida xayriya tashkilotlari ommaviy yig'ilishlardan qochish maqsadida iftorlik taomlarini to'g'ridan-to'g'ri muhtojlarning uylariga etkazib berishdi.
Mahalliy hokimiyat qaroriga ko'ra, bu chodirlarga kirish uchun Al Hosn ilovasining "yashil" o'tish guvohnomasi talab qilinadi. Chodirni o'rnatish uchun Qizil yarim oy tashkilotidan ruxsat olinishi kerak.
Shuningdek, bu chodirlarda niqob rejimi va ijtimoiy masofaga rioya qilish qoidalari saqlanib qolinadi va u iftordan bir soat oldin ochiladi.
Bu erda bir martalik idish va oshxona jihozlaridan foydalanish tavsiya etilgan. Bunda tashkilotchilar dezinfektsiyalovchi vositalarni taqdim etishlari kerak. Qaror epidemiologik vaziyatning yaxshilanishi fonida qabul qilindi, deb xabar beradi The National nashri.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasining «Hidoyat» va «Mo‘minalar» jurnallari hamda «Islom nuri» gazetasiga 2026 yil uchun obuna mavsumida faol ishtirok etib, nashrlarni xalqimiz orasida keng targ‘ib qilishga munosib hissa qo‘shgan imom-xatiblar va mas’ullarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Navoiy viloyati bosh imom-xatibi Temurxon domla Atoyev, shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Shamsuddinxon Boboxonov» nashriyot-matbaa ijodiy uyi vakillari — Davriy nashrlar bo‘limi boshlig‘i Ibrohim Inomov hamda bosh muharrir Abdujalil Ho‘jamov ishtirok etdilar.
Tadbir davomida diniy-ma’rifiy nashrlarning bugungi kundagi o‘rni va ahamiyati, ularni keng ommaga yetkazishda imom-xatiblar hamda mas’ullarning vazifalari haqida atroflicha fikr yuritildi.
Tadbir yakunida obuna jarayonlarida faol ishtirok etgan bir guruh imom-xatiblar va mas’ullarga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.