“KOVID-19” pandemiyasi sababli ikki yillik taqiqdan so'ng Ramazon oyida Masjidul Haromda ommaviy iftorliklarga ruxsat berildi. Ikki Muqaddas Masjid Bosh Rahbariyati Ramazonga tayyorgarlikni boshlanganini, jumladan, muqaddas joyda iftorlik oziq-ovqat sotuvchilari uchun ruxsatnomalar berish va yangilashni bildirdi.
Avvalroq, “Haj” va “Umra” vazirligi barcha musulmonlarga muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish uchun emlash tekshiruvi bekor qilgani haqidagi xabarni bergan edik.
Shuningdek, Vazirlik umra ziyoratiga borish uchun xorijlik fuqarolarga mamlakatga kirishda talab etiladigan PTsR testini majburiy o'tkazishni ham bekor qildi. Ikki Harami sharifga kirish uchun PTsR testining salbiy natijasini majburiy taqdim etish ham bekor etildi.
O'MI Halqaro aloqalar bo'limi
Madina shahri Islom tarixida bir nechta nomlar bilan atalgan. Ulardan eng mashhurlaridan biri “Toyyiba”dir.
Islomdan oldin shahar Yasrib deb atalgan. Bu nom “ayblash” va “yomonlash” kabi ma’nolarni anglatadi.
Muhammad sollallohu alayhi vasallam shaharga hijrat qilganlarida, unga yangi nom berdilar. U zot alayhissalom shaharni “go‘zal” va “poklangan” ma’nosini anglatuvchi “Toyyiba” deb atadilar.
Shuningdek, Toyyibaga yaqin bo‘lgan va o‘xshash ma’noni anglatuvchi “Toba” nomi ham ushbu shahar uchun ishlatilgan.
Madinada topilgan VIII asrga oid qoyatosh yozuvida shahar Toyyiba nomi bilan atalgan. Bu esa ushbu nom Islomning ilk asrlaridanoq qo‘llanib kelinganini ko‘rsatadi.
Toyyiba bilan bir qatorda, shahar muayyan tarixiy jihatlarini aks ettiruvchi yana bir necha nomlar bilan ham tanilgan:
| Nomi | Ma’nosi |
| Madina | Shahar |
| Madinatu Nabiy | Payg‘ambar shahri |
| Madinai Munavvara | Munavvar shahar |
| Dorul Hijra | Hijrat diyori |
Po‘latxon Kattayev,
Toshkent islom instituti katta o‘qituvchisi