Shanba kuni Indoneziya hukumati yangi halol sertifikatlash belgisini taqdim etdi. Endilikda Indoneziyaning Ulamolar kengashi yoki MUIning hozirgi halol logotipi davlat tomonidan bekor qilindi.
"MUIdan halol sertifikat belgisi yaqin kelajakda haqiqiy emas deb e'lon qilinadi," – deb yozdi o'zining Instagram sahifasida Diniy ishlar bo'yicha vazir Yakut Cholil Kumas. "Halol sertifikatlash, qonunda aytilganidek, jamoat tashkiloti tomonidan emas, balki hukumat tomonidan tashkil etiladi", - dedi u.
Yangi logotipning kiritilishi, o'tish paytidagi eng muhim qadamdir, chunki iste'molchilar va ishlab chiqaruvchilar yaqinda mamlakatda halol rejimning o'zgarishini sezadilar, deb yozmoqda islam.ru.
BPJPH raisi Muhammad Oqil Irhamning aytishicha, yangi logotip 1 martdan kuchga kirgan.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Madina shahri Islom tarixida bir nechta nomlar bilan atalgan. Ulardan eng mashhurlaridan biri “Toyyiba”dir.
Islomdan oldin shahar Yasrib deb atalgan. Bu nom “ayblash” va “yomonlash” kabi ma’nolarni anglatadi.
Muhammad sollallohu alayhi vasallam shaharga hijrat qilganlarida, unga yangi nom berdilar. U zot alayhissalom shaharni “go‘zal” va “poklangan” ma’nosini anglatuvchi “Toyyiba” deb atadilar.
Shuningdek, Toyyibaga yaqin bo‘lgan va o‘xshash ma’noni anglatuvchi “Toba” nomi ham ushbu shahar uchun ishlatilgan.
Madinada topilgan VIII asrga oid qoyatosh yozuvida shahar Toyyiba nomi bilan atalgan. Bu esa ushbu nom Islomning ilk asrlaridanoq qo‘llanib kelinganini ko‘rsatadi.
Toyyiba bilan bir qatorda, shahar muayyan tarixiy jihatlarini aks ettiruvchi yana bir necha nomlar bilan ham tanilgan:
| Nomi | Ma’nosi |
| Madina | Shahar |
| Madinatu Nabiy | Payg‘ambar shahri |
| Madinai Munavvara | Munavvar shahar |
| Dorul Hijra | Hijrat diyori |
Po‘latxon Kattayev,
Toshkent islom instituti katta o‘qituvchisi