Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Noyabr, 2026   |   15 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:59
Quyosh
07:18
Peshin
12:15
Asr
15:16
Shom
17:00
Xufton
18:17
Bismillah
25 Noyabr, 2026, 15 Jumadul soni, 1448

Qur'onga oid fatvolar

13.12.2023   1642   3 min.
Qur'onga oid fatvolar

  Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhu “Qur'on shafoat qiluvchidir. Kim uni o'ziga imom qilib olsa, Qur'on uni jannatga boshlaydi, kim uni orqasiga tashlab qo'ysa, u kishini orqasidan do'zaxga haydaydi" dedilar.

  1. Qur'on tilovat qilishda mushafni ushlab o'qisa, tahoratli bo'lmoq shart. Balog'at yoshiga etmaganlar uchun tahorat shart emas.
  2. O'tirib o'qish afzal va ko'krakdan yuqori ushlash kerak.
  3. O'ttiz porani tafakkursiz, beparvo o'qimoqdan, bir oyatni tafakkur bilan o'qimoq afzaldir.
  4. G'amgin holda o'qimoq lozimdir.
  5. Tajvid bilan o'qimoq vojibdir.
  6. Tilovatdan so'ng duo mustajobdir.
  7. Qur'onni og'zaki o'qishda betahorat bo'lmoq va yurib ketayotib tilovat qilmok joiz, lekin yuqorida aytilganday o'tirib o'qish afzal.
  8. Junub kishiga ushlash ham, qiroat ham mutlaqo joiz emas.
  9. Mushaf ustiga biror narsa qo'yish joiz emas.
  10. Tahoratsiz odam Qur'onni ushlamay o'qishi mumkin.
  11. Qur'onni butun yod olish farzi kifoya, "Fil" surasigacha yod olish qiroat uchun bo'lgan zaruratni qondirishga etgani uchun shartdir.
  12. Fiqhiy kitob o'qiyotgan yoki yozayotgan va namoz o'qiyotgan odamga eshittirib Qur'on o'qish makruhdir.
  13. Qabristonda qur'on o'qish imomi A'zam nazdida makruhdir, shogirdi imom Muhammad nazdida esa joizdir va fatvo ham shungadir.
  14. Kofir va mushriklarga Qur'on va fiqhdan ta'lim berish joiz, chunki Rasululloh ularga qur'on o'qib, ularni da'vat qilar edilar. Qur'ondan ta'lim berish uchun xaq olish joiz. Agar muhtoj bo'lsa.
  15. Yurib ketaëtib past ovoz bilan qiroat qilish mumkin.
  16. Ish qilayotib o'qisa qiroatdan yanglishmasa, joiz.
  17. Qiroat paytida ota-onasi, ustozi yoki olim kishi kirib qolsa, o'rnidan turish joiz.
  18. Kur'onni o'pib, yuziga surish joiz.
  19. Kur'on juda eskirib foydalanishga yaramay qolsa, lattaga o'rab ko'mib qo'yish joiz yoki yondirib yuborsa ham joiz. Usmon roziyallohu anhu shunday qilgan.
  20. Yerga solingan narsalarga oyat yozib qo'yish joiz emas. Qori kishi odob-ahloqda o'zgalardan ajrab turmog'i lozim.

 

Yorqinjon qori FOZILOV,
"Jannat sog'inchi" kitobidan.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Dunyo e’tirofining bir namunasi

25.11.2026   513   2 min.
Dunyo e’tirofining bir namunasi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi poytaxti O‘mon shahridagi Qirollik islom strategik tadqiqotlar markazi tomonidan har yili e’lon qilinadigan reytingda dunyoning eng nufuzli 50 nafar musulmoni ro‘yxatiga kiritildi.

Unda muhtaram Yurtboshimiz rahbarligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xalqaro hamkorlik va mintaqaviy diplomatiyani rivojlantirish, ta’lim va madaniyat sohalarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, boy islomiy merosni asrab-avaylash va jahon miqyosida targ‘ib etish borasidagi sa’y-harakatlar alohida qayd etilgan.

Mazkur e’tirof Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, xususan, diniy-ma’rifiy sohani rivojlantirish, milliy va diniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash borasidagi ishlar xalqaro miqyosda tan olinayotganining yana bir amaliy ifodasidir.

Zero, bugun mamlakatimizda haqiqatdan ham diniy-ma’rifiy sohani rivojlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, soha vakillarining ilmiy salohiyatini oshirish hamda xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xalqaro islom akademiyasi, diniy ta’lim muassasalari, ilmiy maktab va markazlar faoliyati tobora kengayib bormoqda.

Ulug‘ allomalarning boy ilmiy merosini chuqur o‘rganish, tarixiy qadamjolarni obodonlashtirish, ziyorat turizmini rivojlantirish ishlari izchil davom etmoqda. Mamlakatimizda turli diniy konfessiyalarning erkin faoliyat yuritishi ta’minlanib, millatlararo va dinlararo totuvlikni mustahkamlash yo‘lida muntazam muloqotlar olib borilmoqda.

Namozlarni emin-erkin ado etish, hayit bayramlarini nishonlash, haj va umra ziyoratlarini tashkil etish uchun yaratilgan keng imkoniyatlar ham ushbu islohotlarning ajralmas qismiga aylangan.

Yurtboshimizning mana shunday e’tirofga sazovar bo‘lishlari yaxshilik amallarning bu olamda ham javobsiz qolmasligiga bir ishoradir. Zero Alloh taolo ham Qur’oni karimda shunday marhamat qilgan:

“Albatta, iymon keltirgan va solih amallarni qilganlarga Rohman (odamlar qalbida) muhabbat paydo qilur” (Maryam surasi, 96-oyat).

Inson Alloh roziligi uchun xayrli ish qilsa, Alloh uning yaxshiligini bandalari qalbiga solib qo‘yadi. Odamlar uni yaxshi ko‘rib, e’tirof etadi.

Mamlakatimiz rahbarining nafaqat mana shu yurt, xalq, balki boshqa xalqlar tinchligi, farovonligi yo‘lida qilayotgan beqiyos xayrli amallariga Alloh taolo ulkan ajr-mukofotlar ato etsin!  

 

 Zayniddin domla ESHONQULOV,

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari

Maqolalar