Marokash hukumati yaqinlashib kelayotgan Muqaddas Ramazon oyida fuqarolarning ehtiyojlarini qondirish uchun oziq-ovqat mahsulotlarini uzluksiz etkazib berishni ta'minlash choralarini e'lon qildi. Bu haqda Islam.ru xabar qilgan.
Sanoat va savdo vaziri Riad Mezzurning ta'kidlashicha, hukumat fuqarolarning zarur mahsulotlar sotib olish qobiliyatini, shuningdek, ularning salomatligi va xavfsizligini himoya qilish maqsadida tegishli ishlarni amalga oshirmoqda.
Ushbu bayonotlar Ramazon oyida odatda iste'mol qilinadigan muhim mahsulotlar narxlarining sezilarli darajada oshishi oldidan e'lon qilindi.
Hukumatning ta'kidlashicha, vaziyat dunyodagi iqtisodiy inqiroz bilan bog'liq bo'lib, bir qator mahsulotlar, jumladan, unni subsidiyalash orqali inqiroz oqibatlari yumshatilishi mumkin.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutining Modul ta’lim tizimida yangi o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.
12 sentyabr kuni Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov talabalar uchun «Xatoba» (notiqlik san’ati) fanidan ilk darsni o‘tib berdi.
Mashg‘ulot davomida ustoz va’z-nasihat qilish san’ati, minbar odoblari, tinglovchi bilan jonli muloqot o‘rnatish sirlari hamda bugungi kun imom-xatibi zimmasidagi mas’uliyatli vazifalarga alohida to‘xtaldi. Notiqlik mahoratiga oid nozik jihatlar hayotiy va amaliy misollar orqali ochib berildi.
Qizg‘in va samimiy ruhda o‘tgan dars so‘nggida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati