O'zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan muslim.uz saytida “Masjid bunyodkorlari” nomli yangi loyihasi yo'lga qo'yildi.
Unda qurilishi bo'layotgan masjidlar ro'yxati, yordam qilish tartibi, mas'ul xodimlar ismi-sharifi, bog'lanish uchun telefon raqamlar, jomening eski, hozirgi va kelgusidagi suratlari hamda homiylik uchun hisob raqamlar kabi ma'lumotlar taqdim etiladi.
Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Masjidga qushning uyasicha hissasi qo'shilgan kishi uchun Alloh taolo jannatda qasr barpo qiladi”. Demak, har bir kishi bunday ulug' maskanni ehtirom qilishi, ularning tozaligi va obodligi borasida hissa qo'shishi eng savobli amaldir.
Qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilayotgan masjidlar:
"Hidoyat" va "Mo‘minalar" jurnallari hamda "Islom nuri" gazetasi orqali xalqimizga ma’rifat ulashilmoqda. Ushbu nashrlarga eng ko‘p obuna tashkil qilgan xodimlar esa har yili taqdirlanadilar.
Bugun 12 may kuni Toshkent shahridagi "Shayx Zayniddin" jome masjidi majlislar zalida Toshkent shahar imom-xatiblari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov boshchiligida tashkil etilgan ushbu tadbir "Hidoyat" va "Mo‘minalar" jurnallari hamda "Islom nuri" gazetasiga faol obuna tashkil etgan imom-xatiblar taqdirlandilar va ularga esdalik sovg‘alari ulashildi.
Abu Mas’ud Ansoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Kim bir yaxshilikka dalolat qilsa, unga o‘sha yaxshilikni qilganning ajridek ajr beriladi", deya marhamat qilganlar. Darhaqiqat, yaqinlarga, do‘stlarga yaxshilik ulashish, ma’rifat tarqatishga dalolat qilish tahsinga sazovor ishdir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Toshkent shahar vakilligi
Matbuot xizmati