Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Noyabr, 2026   |   15 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:59
Quyosh
07:18
Peshin
12:15
Asr
15:16
Shom
17:00
Xufton
18:17
Bismillah
25 Noyabr, 2026, 15 Jumadul soni, 1448

Qur'onda baxt vasfi

11.12.2023   2391   2 min.
Qur'onda baxt vasfi

Alloh taolo Quronni yaxshi hayot uchun dastur, baxt va shodlik uchun yo'l bo'lishini xohladi. O'z kalomi sharifida jannat ahlini baxtga erishganlar, deya ta'riflanadi.
Alloh taolo aytadi: «Baxtli bo'lganlar jannatdadirlar. Ular unda, modomikiosmonlaru er bor ekan, abadiydirlar. MagarAllohxohlasa, (O'zi bilur). Bu tuganmas in'omdir» (Hud surasi, 108-oyat).
Ya'ni, baxtlilar jannatda abadiy qolish bilan birga, tuganmas ne'matlarga ham ega bo'ladilar.

Sahih hadisda rivoyat qilinishicha, ularga: “Ey ahli jannatlar, sizlar endi abadiy yashaysizlar – o'lmaysizlar, abadiy yosh bo'lasizlar – qarimaysizlar, abadiy sog' bo'lasizlar – bemor bo'lmaysizlar, abadiy ne'matda bo'lasizlar – noumid bo'lmaysizlar”, deyiladi.

Oxiratdagi baxtning bahosi – bu dunyoda Allohga banda ekanini mukammal ro'yobga chiqarish, Uning roziligini topishdir. Batahqiq, oyatlarda kishi rozilik holatiga etishi uchun sabr qilishi, o'zini to'la-to'kis ibodatga bag'ishlashi, Yaratgaanning aslo unutmasligi baxtning eng yuqori darajalariga etishishga sabab bo'ladi. Shuningdek, kechirimli bo'lish, odamlarga keng bag'irli bo'lish mehr-muhabbatni ziyoda etadi.
Oxiratdagi baxtning bahosi – insonlar baxtli bo'lishi uchun nozil qilingan Qur'oni karimga amal qilish.

Ko'pincha odamlar baxtni pul to'plash yoki yuqori lavozimlarga erishish, deb o'ylashadi. Ammo voqelik buni inkor etadi. Agar inson yaxshi pul va shon-shuhratning barcha zavq-shavqlariga ega bo'lsa-yu, qalbida xotirjamlik va taskin bo'lmasa, bu holatni chinakam saodat deyish mumkinmi?

Alloh taolo aytadi: “Kim Mening zikrimdan yuz o'girsa, albatta, unga torchilik hayoti bo'lur va qiyomat kuni uni ko'r holida tiriltirurmiz” (Toho surasi, 124-oyat).

Demak, Qur'on ko'rsatmasiga binoan haqiqiy baxt Alloh taologa yaqin bo'lishda va baxtsizlik esa Undan uzoqlashishdadir.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Dunyo e’tirofining bir namunasi

25.11.2026   2767   2 min.
Dunyo e’tirofining bir namunasi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi poytaxti O‘mon shahridagi Qirollik islom strategik tadqiqotlar markazi tomonidan har yili e’lon qilinadigan reytingda dunyoning eng nufuzli 50 nafar musulmoni ro‘yxatiga kiritildi.

Unda muhtaram Yurtboshimiz rahbarligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xalqaro hamkorlik va mintaqaviy diplomatiyani rivojlantirish, ta’lim va madaniyat sohalarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, boy islomiy merosni asrab-avaylash va jahon miqyosida targ‘ib etish borasidagi sa’y-harakatlar alohida qayd etilgan.

Mazkur e’tirof Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, xususan, diniy-ma’rifiy sohani rivojlantirish, milliy va diniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash borasidagi ishlar xalqaro miqyosda tan olinayotganining yana bir amaliy ifodasidir.

Zero, bugun mamlakatimizda haqiqatdan ham diniy-ma’rifiy sohani rivojlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, soha vakillarining ilmiy salohiyatini oshirish hamda xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xalqaro islom akademiyasi, diniy ta’lim muassasalari, ilmiy maktab va markazlar faoliyati tobora kengayib bormoqda.

Ulug‘ allomalarning boy ilmiy merosini chuqur o‘rganish, tarixiy qadamjolarni obodonlashtirish, ziyorat turizmini rivojlantirish ishlari izchil davom etmoqda. Mamlakatimizda turli diniy konfessiyalarning erkin faoliyat yuritishi ta’minlanib, millatlararo va dinlararo totuvlikni mustahkamlash yo‘lida muntazam muloqotlar olib borilmoqda.

Namozlarni emin-erkin ado etish, hayit bayramlarini nishonlash, haj va umra ziyoratlarini tashkil etish uchun yaratilgan keng imkoniyatlar ham ushbu islohotlarning ajralmas qismiga aylangan.

Yurtboshimizning mana shunday e’tirofga sazovar bo‘lishlari yaxshilik amallarning bu olamda ham javobsiz qolmasligiga bir ishoradir. Zero Alloh taolo ham Qur’oni karimda shunday marhamat qilgan:

“Albatta, iymon keltirgan va solih amallarni qilganlarga Rohman (odamlar qalbida) muhabbat paydo qilur” (Maryam surasi, 96-oyat).

Inson Alloh roziligi uchun xayrli ish qilsa, Alloh uning yaxshiligini bandalari qalbiga solib qo‘yadi. Odamlar uni yaxshi ko‘rib, e’tirof etadi.

Mamlakatimiz rahbarining nafaqat mana shu yurt, xalq, balki boshqa xalqlar tinchligi, farovonligi yo‘lida qilayotgan beqiyos xayrli amallariga Alloh taolo ulkan ajr-mukofotlar ato etsin!  

 

 Zayniddin domla ESHONQULOV,

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari

Maqolalar