"Forbes" 2022 yilda sayohat uchun eng yaxshi 50 yo'nalish ro'yxatiga O'zbekistonni ham kiritdi
"O'zbekistonning ajoyib infratuzilmasi sizga mamlakat poytaxti Toshkentdan Samarqand, Buxoro va Hivaga – Buyuk Ipak yo'lidagi to'xtash joylariga – bemalol sayohat qilishingizga imkon beradi. Shaharlar tezyurar poyezdlar bilan yaxshi bog'langan",-deydi nashr xabarda.
Darakchi.uz xabariga ko'ra, unda Hivadagi Ichan qal'a birinchi bo'lib madaniy obidalar ro'yxatiga kiritilgani ham ta'kidlab o'tilgan.
"Shu jumladan, sayohat davomida Buxoroning ko'plab bezakli qadimiy madrasalarini(maktablarini) o'tkazib yubormang, Buxoro Arkiga guvoh bo'ling va savdo gumbazlaridan esdalik sovg'alari xarid qilishni unutmang",-deyiladi.
Nashr Samarqandning nafis Registonini ham unutmagan. Maydon kishini hayratga solishini ta'kidlagan.
Taomlarga ham to'xtalib o'tilib, Toshkentda qo'zichoq go'shti va maydalangan sabzi qo'shilgan, mamlakatning an'anaviy taomi bo'lgan palovni iste'mol qiling, deya tavsiyalar berib o'tilgan.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutining Modul ta’lim tizimida yangi o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.
12 sentyabr kuni Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov talabalar uchun «Xatoba» (notiqlik san’ati) fanidan ilk darsni o‘tib berdi.
Mashg‘ulot davomida ustoz va’z-nasihat qilish san’ati, minbar odoblari, tinglovchi bilan jonli muloqot o‘rnatish sirlari hamda bugungi kun imom-xatibi zimmasidagi mas’uliyatli vazifalarga alohida to‘xtaldi. Notiqlik mahoratiga oid nozik jihatlar hayotiy va amaliy misollar orqali ochib berildi.
Qizg‘in va samimiy ruhda o‘tgan dars so‘nggida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati