Turmushning barcha jabhalarida insonlarni o'zaro tinch va axillikda hayot kechirishlarini ta'minlovchi ta'limot va qonunlarini Alloh taolo eng so'ngi yuborgan samoviy dini bo'lmish pokiza islom orqali insoniyatga taqdim etdi. Bu ta'limotlar o'zlashtirilsa va bu qonunlar hayotga tatbiq etilsa har bir insonning shaxsiy hayotida bo'lsin yoki jamiyat hayotida bo'lsin hech qanaqa muammoga o'rin qoldirmasligini, buning aksi bo'lgan taqdirda esa boshi berk ko'chaga kirib qolish hollarini kundalik hayotda ko'p bor guvohi bo'lmoqdamiz.
Har bir inson kishilar jamiyatidan ayrilib, o'zi yakka yashay olmaydi. Demak inson boshqa odamlar bilan to'g'ri munosabat o'rnatish, ular bilan xisoblashish bilangina o'zaro axil va totuv yashashga erishadi. Islom dini bu munosabatlarni har birini hikmat bilan o'z o'rniga qo'ygan. Jumladan jamiyat saodati, qonuniy tartib va nizom mustahkamlanishida asosiy omil bo'lgan qarindoshlik aloqalarini, rishtalarini mahkam bog'lashni ya'ni silai rahmni ibodat darajasiga ko'taradi va ota onaga yaxshilik qilish bilan teng qo'yadi.
Bu maqolani yozishga meni undagan voqea ham ayni shu ta'limotlardan bexabarlik sabablimi yoki bilsa ham beparvolikdanmi silai rahmni uzgan oila qismati bo'ldi.
Yoshlari oltmish atrofida bo'lgan opa uka yuz ko'rmas bo'lib ketdi. Aslida opa uka bir-biri bilan san-manga borgan emas. Ularni shu baloga giriftor qilgan ularning farzandlari orasidagi janjal. Odatda kichiklar orasidagi nizoni kattalar bartaraf qilardi. Bu oilada esa aksi bo'ldi. Kichiklar kattalarni o'z tomonlariga og'dirdilar. Natijada bu janjalga hech qanaqa aloqasi yo'q opani o'z tug'ishgan jigari, jonday aziz ukasi bilan barcha aloqalarni uzishga, kechirim so'rab kelsa ham ukasi bilan yarashmaslikka ko'ndirdilar. Bu voqeaga qavmi qarindoshlari tomashabin bo'lgani yo'q. Ular opa ukani yarashtirish, o'rtalaridagi muqaddas rishtani yana bog'lash uchun hamma choralarni qo'lladilar. Lekin ijobiy natijaga erishmadilar. Ularga nasihat qilganlarning hafsalasi pir bo'ldi. Bu kabi voqealar ming afsuski jamiyatimizda tez -tez kuzatilmoqda. Aka-uka, opa-singil, qavmu- qarindosh o'rtasida kelishmovchilik bo'lib turishi tabi'iy. Muqaddas Islom dinida arazlashish uch kundan o'tib ketmasligi bekorga ta'kidlanmagan. Agar zudlik bilan ularning orasi isloh qilinsa ortiqcha gap-so'z ko'paymaydi. Eshitganlar ham buni to'g'ri qabul qiladi. Ammo bir necha yillab ular o'rtasini yarashtirib bo'lmasa, oshiqcha dedi-dedilar ko'payadi. Shu orada ba'zi shaytonnusxa odamlar olovga yog' sepib “kechirim so'rab past ketasizmi” yoki “ular sizning kechirishingizga loyiq emas” kabi “maslahat”lar beradi. Muddat cho'zilgan sari o'rtalaridagi jarlik ham tabora kattalashib, mehr nafratga aylanib boraveradi. Hatto shu darajaga kelib qoladiki bir-birlarini boshiga tushgan musibatdan xursand, aksi bo'lsa xafa bo'ladilar. Bu holatni o'zi eng katta musibat emasmi?
Payg'ambarimiz Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Silairahmqilgandegandao'zqarindoshlariko'rsatganmehroqibatiniqabulqilgankishinitushunmaymiz. Silairahmqilgandeb qarshitarafqarindoshlikaloqalariniuzgandabungajavobaneskialoqalarnidavomettirgankishiniaytamiz.”dedilar (Imom Buxoriy rivoyati)
Silai rahm qilish qay darajasidagi amal ekanligini unga berilajak mukofotning salmog'idan ham bilsa bo'ladi.
Abu Ayub Al ansoriy aytdilar: Safarlarining birida Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga bir a'robiy yo'liqib: “Ey Allohning elchisi! Menijannatgayaqinlashtiradiganvado'zaxdanuzoqlashtiradigannarsato'g'risidaxabarbering” dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam unga: “AllohgaginaibodatqilasanvaUngaibodatdahechnarsanisherikqilmaysan, namozo'qiysan, zakotberasan, silairahmqilasan.”dedilar. Ya'nimanashularsenijannatgakirishingavado'zaxdanomonqolishingasababbo'ladiganamallardir.
Anas ibn Molik roziyallohu anhu aytdilar: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Kimrizqikengvaumriuzunbo'lishiniistasasilairahmqilsin.”dedilar (Imom Buxoriy rivoyati)
Abu Hurayra roziyallohu anhu dedilar: “ Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Kimdauchxislatbo'lsa, AllohqiyomatdauningsavoljavobiniosonlashtiradivauniO'zrahmatibilanjannatgakiritadi”dedilar. Sahobalar: “EyAllohningrasuli! Buuchnarsanima? debso'radilar”. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Senimahrumqilgangaseniltifotko'rsatasan. Senbilanqarindoshlikrishtasinio'zganlargasilairahmqilasan. Sengazulmqilganlarnikechirasan. Agarmanashularniqilsang, Allohsenijannatgakiritar”dedilar. (Bazzor, Tabaroniy va Hokimlar rivoyat qilganlar)
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Yaxshilikvasilairahmnimustahkamlashqiyomatkunidahisobkitobniengillatadiganamallardir” dedilarda ushbu oyatni tilovat qildilar: “Ular Alloh bog'lanishga buyurgan narsalarni (ya'ni qarindoshlar bilan aloqani) bog'laydilar, Parvardigorlaridan qo'rqadilar va (oxiratda) hisob-kitobning noxush kechishidan cho'chiydilar”.(Ra'd surasi 21 oyat)
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Miskingaberilgan sadaqaga bitta savob. Agar sadaqa qarindoshga berilsa ikkita savob. Ham silai rahmning ham sadaqaning savobi bo'ladi»- dedilar
Aksincha qarindoshlik rishtalarini uzish eng katta gunohlardan va yomon ishlardan bo'lib, bemehrlik, toshbag'rlik va xissiyotsizlik deb baholanadi. O'z yaqinlariga yaxshilik qilmaydigan, qalbi o'z tug'ishganlariga nisbatan toshbag'ir bo'lgan kimsalar begonalarga qanday munosabatda bo'lishini tasavvur qilavering. Bunday kimsalardan yaxshilik, rahm-shafqat kutmasa ham bo'ladi. Silai rahmni uzish eng og'ir jinoyatlardan ekanini unga berilajak jazoning og'irligidan ham bilsa bo'ladi.
Alloh taolo shunday deydi: Agar (imondan) bosh tortsangiz, aniqki, sizlar erda buzg'unchilik qilarsizlar va qarindoshlaringiz (bilan ham aloqalaringiz)ni uzasiz, albatta. Unday kimsalarni Alloh la'natlagandir, bas, ularning (quloqlarini) «kar», ko'zlarini «ko'r» qilib qo'ygandir (Muhammad surasi 21-22- oyatlari)
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Silai rahm qilmagan, ya'ni qarindoshlaridan aloqani uzgan odam jannatga kirmaydi. Silai rahm doimiy bordi-keldi emas, balki uzoqlashib ketgan qarindosh holidan xabar olishdir”-dedilar. (Buxoriy va Muslim rivoyati)
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Kimqarindoshlikaloqalariniuzganbo'lsayokigunohishniqilishgaqasamichganbo'lsa, buishlariningbalosinishudunyodako'rmasdano'lmaydi.(ya'nialbatta shu dunyoning o'zidayoqjazosinioladi)”- dedilar (Imom Bayhaqiy o'zining “Sahih”larida keltirganlar)
Abu Hurayra roziyallohu anhu aytdilar: “Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning: “Har Payshanba Jum'a kechasida odamlarning qilgan amallari to'g'risida Allohga xabar beriladi. Shunda silai rahmni uzganlarning yaxshi amallari Alloh tamonidan qabul etilmaydi” deganlarini eshitdim.( Imom Ahmad rivoyati)
Yuqoridagi voqeani bejiz keltirmadik. Chunki bugungi kunda silai rahmni uzib, bundan zarracha afsuslanmay bemalol ichimizda yurgan odamlarni ko'rayapmiz. Bu hol hammani xushyorlikka chaqirmog'i lozim. Zero Abdulloh ibn Abu Avf roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “ Nabiy sollallohu alayhi va sallam “-OralaridaqarindoshlikaloqasiniuzuvchisiborqavmgaAllohningrahmatitushmaydi!” deganlar”.
Tabaroniy qayd etadi:
-Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhu bomdod namozidan keyin bir jamoat ichida o'tirardi. Dediki: “Hudo haqqi, qon-qarindoshlik aloqalarini uzganlar bor bo'lsa, oramizdan turib ketsin! Biz Robbimizga duo o'qimoqchimiz. Qon-qarindoshlik aloqalarini uzganlar bor bo'lgan joyda osmon eshiklari yopiq bo'ladi, duolar qabul bo'lmaydi”. Demak bu gunohni sodir etganlarning kasri boshqalarga ham urar ekan.
Bu kabi insonlarga chin dildan achinganimizdan, ularni oyat va hadislarda ogohlantirilgan kulfatlarga mubtalo bo'lmasliklarini hamda bir-birlarini avf etib, qarindoshlik rishtalarini qayta bog'lashlarini xohlaganimizdan shu masalani ko'tardik. Chunki jamiyatni bir binoga, undagi oilalarni uni tashkil etib turgan g'ishtlarga o'xshatishadi. Jamiyatimiz binosi mustahkam bo'lishi har bir oilani mustahkam bo'lishidan tashqari boshqa oilalar bilan o'zaro totuv, axil va inoq bo'lishini talab qiladi. Bu talab qo'ni-qo'shnilik, qavmu- qarindoshlik rishtalarini mahkam tutish bilangina bajariladi.
Toshkent viloyati Bekobod tumani
bosh imom-xatibi Risboyev Anvar
Islomning barcha – beshala ruknini ham bajargan odam chinakam saodatlidir. Ayniqsa, hojilik – alohida mas’uliyat talab etadigan maqom. Bu yil yurtimizdan 15 mingdan ziyodroq fuqaro ana shunday sharafga ega bo‘ldi.
Bu yil yurtimizdan hajga borgan yurtdoshlarimiz Arafot vodiysida muftiy, Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari boshchiliklarida yurtga qaytgach, «Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari bo‘lamiz» degan ezgu tashabbusni ilgari surgan edilar.
Bugun, 14 iyul kuni poytaxtimizdagi «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» jome masjidi majlislar zalida poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan imom-xatiblar, imom noiblari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, Toshkent shahar hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdulvosid Xomitjonov, «Nuroniy« jamg‘armasi Toshkent shahar bo‘limi raisi Rustam Kalonov, Mahallalar uyushmasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig‘i Furqatxo‘ja Mahmudxo‘jayev, Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov ishtirok etdi.
– Hojilarga katta ishonch bildirib, ular ma’naviyat targ‘ibotchilaridir, – deydi DIQ raisi birinchi o‘rinbosari Davron Maxsudov. – Hadisi sharifda: “Insonlarning Alloh taologa eng seviklisi odamlarga ko‘p manfaati yetkazadiganidir” (Imom Tabaroniy rivoyati), deyilgan. Shunday ekan, har bir hojiga o‘z hududidagi imom-xatib ko‘makchi bo‘lib, mahallama-mahalla yurib, aholiga, ayniqsa, yoshlarga pandu nasihatlar qilishlari zarur. Chunki hojilarning so‘zlari ta’sirchan bo‘ladi. Farzandlarimizning turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishining oldini olishda ularning xizmatidan foydalanishimiz kerak. Hojilarimizning sa’y-harakatlari bilan xalqimizning ma’naviyati, ma’rifati yanada oshadi.
Ana shunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali hojilarimiz jamiyatimizdagi mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, yoshlar tarbiyasi va oilalar totuvligida ibrat bo‘lmoqdalar.