Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Iyul, 2026   |   6 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:28
Quyosh
05:02
Peshin
12:34
Asr
17:38
Shom
19:56
Xufton
21:27
Bismillah
20 Iyul, 2026, 6 Safar, 1448

Allohning Rahmatidan noumid bo'lmang!

28.01.2022   2622   5 min.
Allohning Rahmatidan noumid bo'lmang!

Alloh subhanahu va taolo bandalariga o'ta mexribondir, shuning uchun bandalarini unga qaytishlaridan hech qachon noumid qilmaydi. Oyati karimasida aytadiki: “Agar tavba qilsalar, namozni to'kis ado etsalar va zakotni bersalar, yo'llariga qo'yib yuboringlar. Albatta, Alloh mag'firatli va rahmli zotdir[1]”.

Alloh taolo tavba eshigini bandalariga doimo ochib qo'ygan, hech qachon berkitmaydi. Shuning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xodimlari Anas ibn Molik roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisi sharifda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:  “Alloh taolo bandasining tavbasidan, sizlardan biringiz sahroda yo'qotibqo'ygan tuyasini topib olgan odamning xursandchiligidan ham ko'proq xursand bo'ladi” deganlar[2].

Ya'ni, siz sahroda tuyangizni ustiga oziq-ovqat, kiyim-kechak, qo'yingki tirik qolish uchun kerak bo'ladigan bor narsalaringizni yuklab ketayotganingizda sal beparvochilik oqibatida tuyangizni yo'qotib qo'ydingiz. Qaramagan joyingiz, izlamagan eringiz qolmadi. Horib tolib turgan vaqtingizda to'satdan qarshingizda tuyangiz ko'rindi, sizning xursandchiligingiz qanday bo'ladi?! Shubhasiz ta'riflab bo'lmaydigan darajada xursand bo'lasiz, chunki halok bo'lishingiz aniq bo'lib turgan vaqtda, najot kemasini topib oldingiz. Alloh ham bandasini tavbasidan shunday va bundanda ko'proq xursand bo'ladi. Shuning uchun yuqoridagi oyati karimada ochiq-oydin qilib, “agar kofirlar Allohning diniga va Rasuliga bo'lgan dushmanchiliklaridan qaytsalar, namozni qoim qilsalar va zakot bersalar yo'llariga qo'yib yuboringlar ularni hur holda tark etinglar” deb, bandalari tavba qilsalar kechirishini aytib marhamat qilyapti.

Bu erda 3ta shartni ko'ramiz:

1 – Tavba va Iymonga qaytish ...

2 – Namozni qoim qilish.

3 – Zakotni berish.

Bu uchchala shartni tengamalga oshirish lozim bo'ladi. Chunki kufrdan tavba qilish iymonning tarkibiga kirmoqdir. Iymonning tarkibiga kirish “Allohdan o'zga iloh yo'qligiga va Muhammad alayhissalom uning Payg'ambari ekanliklariga” guvohlik berishni keyin namoz o'qishni keyin Zakot berishni keyin ro'za tutishni keyin yo'liga qodir bo'lgan kishi haj qilishi kerak bo'ladi. Agar islomning besh arkoniga qarasang musulmon ba'zi arkonni qiladi boshqasini qilmaydi. Tirikchiligidan boshqa narsasi bo'lmagan faqir musulmondan zakot va haj soqit bo'ladi. Surunkali kasali bor musulmondan ro'za ham soqit bo'ladi. Natijada Shahodat kalimasi bilan Namoz qoladi. Namoz rukni hech qachon, faqirlikda ham, boylikda ham, sog'likda ham va kasallikda ham soqit bo'lmaydi. Chunki namoz musulmon bilan g'oyri muslimni o'rtasini ajratuvchidir. U dinning ustunidir shuning uchun kunda besh marotaba takrorlanadi. Kasal odam qudrati etkan xolatida o'qiydi. Turaolmasa o'tirib, o'tiraolmasa yotib o'qiydi.

Besh vaqt o'qiydigan namozimiz islom arkonlarini o'z ichiga olishini bilamizmi?

 - Har-bir namozda لا اله الا الله محمد رسول الله shahodat kalimasini takrorlaymiz.

- har-bir namozda zakot bor, zakot – moldan bir qismini faqirlarga berishdir. Mol ishlash orqali topiladi, ishlash uchun vaqt kerak, namozga ishlab pul topib zakot berishing mumkin bo'lgan vaqtdan sarflanadi. Bu sarflagan vaqtingda pul topib zakot berishing mumkin edi, shuning uchun namoz o'qishing molingdan bir qismini Alloh uchun bergandek bo'ladi. Namoz huddi vaqtning zakoti kabidir. Tirkchilik qilib mol to'plashimiz uchun vaqtga muhtoj bo'lamiz, shuning uchun namozda zakot bor.

- har-bir namozda ro'za bor, ro'zada sahar vaqtidan shomgacha eb-ichish va ayoli bilan yaqinlik qilishdan saqlaniladi. Namozda ham shunday. Namoz o'qish asnosida taom eyolmaysan, bu huddi eb-ichishdan ro'za tutishga o'xshaydi. Namoz asnosida ayolga yaqinlik qilolmaysan, ayoling bilan hech qanday aloqa qilolmaysan, ayoling ham sen bilan biror narsa qilolmaydi. Bilki sen namozda bundan ham ko'proq narsalardan saqlanishing kerak bo'ladi, noo'rin harakat qilish va gaprishlar aslo mumkin emas.

- endi haj arkoniga keladigan bo'lsak, namoz o'qiganingizda Baytullohga yuzlanishingiz kerak bo'ladi va aynan qiblani topasan. Shunday ekan o'zingni Ka'baning oldida, Baytullohda turgandek his qilasan, bu tuyg'uni bir kunda besh marta xis qilasan.

Shunday qilib, Namozda islom arkonlarini hammasini jamlaysiz, shuning uchun “Namoz dinning ustunidir” deyiladi.

 

Muhammad Mutavalliy Sha'roviy rohimahullohning “Tavba” kitoblaridan erkin tarjima. 

“Eshon Boboxon” jome' masjidi imom noibi: Abdurahimov Muhammadiy.

 

[1] Tavba surasi 5-oyat.

[2] Imom Buxoriy rivoyat qilganlar. (8/84)

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Indoneziya matbuoti: I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi xalqaro muloqot uchun muhim maydon bo‘ldi

20.07.2026   778   1 min.
Indoneziya matbuoti: I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi xalqaro muloqot uchun muhim maydon bo‘ldi

Indoneziya OAVlarida Toshkent, Samarqand va Termiz shaharlarida bo‘lib o‘tgan I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi, uning yakunlari va xalqaro ahamiyati keng yoritildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Xususan, “Garuda TV”, “Indonesiainside”, “Kabarsurya”, “Apaberita”, “Retizen (Republika)” “Kalimantan Post”da turli materiallar e’lon qilindi.

Ta’kidlanishicha, “Islom sivilizatsiyasi: tinchlik, bag‘rikenglik va ilm-ma’rifat yo‘li” shiori ostida tashkil etilgan forumda ko‘plab mamlakatlardan olimlar, din arboblari, ekspertlar va xalqaro tashkilotlar vakillari faol ishtirok etgan.

Indoneziya ommaviy axborot vositalari forumning eng muhim natijalari sifatida Toshkent deklaratsiyasi qabul qilinganiga alohida e’tibor qaratdi. Islom sivilizatsiyasi merosini raqamlashtirish, elektron kutubxona va yagona reyestr yaratish, muzeylar hamda tadqiqot muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha ilgari surilgan takliflar forumning muhim amaliy natijalari sifatida baholandi.

Maqolalarda O‘zbekistonning islom sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida alohida to‘xtalib o‘tilgan. Samarqand, Buxoro va Termiz kabi shaharlarning jahon ilm-fani hamda islom madaniyati rivojida tutgan o‘rni yuksak baholangan.

Shuningdek, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziy singari buyuk allomalarning ilmiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berilgan.

Indoneziya ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan materiallar tahlili shuni ko‘rsatadiki, I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi nafaqat O‘zbekiston, balki butun islom olami uchun muhim xalqaro ilmiy-ma’rifiy voqea sifatida e’tirof etildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari