G'arbiy Qozog'iston viloyatidagi Do'stiq qishlog'ida istiqomat qiluvchi Nodir Kuanayev tomonidan qordan yasalgan masjid qurildi. Unga masjidni qurish uchun 20 kun va taxminan uch tonna qor kerak bo'ldi. Yosh yigit Abay prospektida joylashgan Ural masjidining nusxasini yaratishga muvaffaq bo'ldi. Nodir Kuanayev Instagram sahifasiga masjidning qordan qilingan nusxasining foto va videolarini joylashtirdi. Foydalanuvchilar uning ishiga baho berishdi. Qordan yasalgan masjid uchun usta hatto tungi qo'shimcha yoritishni ham ko'zda tutdi.
Islam.ru xabariga ko'ra, o'tgan yili Nodir qordan avtomobil' yaratgan edi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Madina shahri Islom tarixida bir nechta nomlar bilan atalgan. Ulardan eng mashhurlaridan biri “Toyyiba”dir.
Islomdan oldin shahar Yasrib deb atalgan. Bu nom “ayblash” va “yomonlash” kabi ma’nolarni anglatadi.
Muhammad sollallohu alayhi vasallam shaharga hijrat qilganlarida, unga yangi nom berdilar. U zot alayhissalom shaharni “go‘zal” va “poklangan” ma’nosini anglatuvchi “Toyyiba” deb atadilar.
Shuningdek, Toyyibaga yaqin bo‘lgan va o‘xshash ma’noni anglatuvchi “Toba” nomi ham ushbu shahar uchun ishlatilgan.
Madinada topilgan VIII asrga oid qoyatosh yozuvida shahar Toyyiba nomi bilan atalgan. Bu esa ushbu nom Islomning ilk asrlaridanoq qo‘llanib kelinganini ko‘rsatadi.
Toyyiba bilan bir qatorda, shahar muayyan tarixiy jihatlarini aks ettiruvchi yana bir necha nomlar bilan ham tanilgan:
| Nomi | Ma’nosi |
| Madina | Shahar |
| Madinatu Nabiy | Payg‘ambar shahri |
| Madinai Munavvara | Munavvar shahar |
| Dorul Hijra | Hijrat diyori |
Po‘latxon Kattayev,
Toshkent islom instituti katta o‘qituvchisi