Astma kasallarini kasalxonaga yotqizishning juda yuqori darajasi bo'lgan Londonda Brent markaziy masjidida ushbu kasallik va boshqa o'pka kasalliklari bilan og'riganlar uchun qo'llab-quvvatlash guruhi tashkil etildi.
"Yengil nafas oling" guruhi 21 yanvar', juma kuni ishga tushirildi. "Ushbu qo'llab-quvvatlash guruhi juda muhim va biz har bir kishini, ularning kelib chiqishi yoki dinidan qat'i nazar, masjidga taklif qilmoqchimiz", dedi masjidning xazinachisi va mutavallisi Roja Amjid Riaz.
"Bu chekish va surunkali obstruktiv o'pka kasalligi yuqori darajada bo'lgan ijtimoiy jihatdan noqulay hudud. Biz o'pka kasalliklari bilan og'rigan insonlarga o'z salomatliklari ustidan faolroq kuzatishga yordam beradigan, o'z tajribalari bilan almashish, aynan shunday vaziyatdagi boshqalardan ko'mak olishga joy beradigan suhbatlar dasturini yaratishga umid qilamiz", - deydi musulmon shifokor.
Islam.ru xabariga ko'ra, 2021 yilning fevral'-iyul' oylari orasida Brent markaziy masjidida 9 000 nafardan ortiq odam, shu jumladan London meri Sodiq Hon koronavirusga qarshi emlandi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Madina shahri Islom tarixida bir nechta nomlar bilan atalgan. Ulardan eng mashhurlaridan biri “Toyyiba”dir.
Islomdan oldin shahar Yasrib deb atalgan. Bu nom “ayblash” va “yomonlash” kabi ma’nolarni anglatadi.
Muhammad sollallohu alayhi vasallam shaharga hijrat qilganlarida, unga yangi nom berdilar. U zot alayhissalom shaharni “go‘zal” va “poklangan” ma’nosini anglatuvchi “Toyyiba” deb atadilar.
Shuningdek, Toyyibaga yaqin bo‘lgan va o‘xshash ma’noni anglatuvchi “Toba” nomi ham ushbu shahar uchun ishlatilgan.
Madinada topilgan VIII asrga oid qoyatosh yozuvida shahar Toyyiba nomi bilan atalgan. Bu esa ushbu nom Islomning ilk asrlaridanoq qo‘llanib kelinganini ko‘rsatadi.
Toyyiba bilan bir qatorda, shahar muayyan tarixiy jihatlarini aks ettiruvchi yana bir necha nomlar bilan ham tanilgan:
| Nomi | Ma’nosi |
| Madina | Shahar |
| Madinatu Nabiy | Payg‘ambar shahri |
| Madinai Munavvara | Munavvar shahar |
| Dorul Hijra | Hijrat diyori |
Po‘latxon Kattayev,
Toshkent islom instituti katta o‘qituvchisi