Mahmudxo'ja Behbudiy tavalludining 147 yilligi...
Ma'rifatparvar jadidchilik harakatining asoschisi, dramaturg, publitsist, din va jamoat arbobi – Mahmudxo'ja Behbudiy 1875 yili 19 yanvarda Samarqandda tug'ilgan.
Olimlar fikricha, alloma o'n sakkiz yoshidan qozixonada mirzalik qiladi, qozi, muftiy darajasiga ko'tariladi. Behbudiy haj safarida bo'lgan chog'ida Arabiston, Misr, Turkiya kabi davlatlarda bo'lgan.
Behbudiy Turkistonda birinchilardan bo'lib yangi usul maktablarini tashkil qilish va ular uchun darsliklar yozgan taraqqiyparvarlardan sanaladi.
Mahmudxo'ja Behbudiy "Risolai asbobi savod" ("Savod chiqarish kitobi", 1904), "Risolai jug'rofiyai umroniy" ("Aholi geografiyasiga kirish", 1905), "Muntahabi jug'rofiyai umumiy" ("Qisqacha umumiy geografiya", 1906), "Amaliyoti islom" (1908), (1909) kabi kitoblarni chop ettiradi.
Mahmudxo'ja Behbudiy 1917 yil noyabr' oyida tashkil topgan Turkiston Muxtoriyati asoschilaridan biri, o'lka xalqlarining istiqloli yo'lida ma'naviy yo'lboshchilaridan bo'ldi. Alloma sho'rolar, kommunistik mafkura tizimining qing'irliklari, kirdikorlarini ko'ra bilgan. Millatni tanazzulga etaklovchi illatlarni ro'y-rost fosh etgan. Ma'rifat yo'lida el-ulus ko'zini ochishni umr mazmuni, deb bilgan.
Mamlakatimiz etakchisi g'oyasi asosida 2020 yilda Mahmudxo'ja Behbudiy tavalludining 145 yilligi yurtimizda keng nishonlandi. Ma'rifatparvar jadid bobomiz hayoti, faoliyatiga oid hujjatli fil'm suratga olindi. Uning asarlari chop etilmoqda.
O'zA xabariga ko'ra, poytaxtimizdagi "Adiblar xiyoboni"da Mahmudxo'ja Behbudiy haykali o'rnatildi. Ayni paytda olimlarimiz Behbudiy faoliyatiga oid hali ko'plab tadqiqotlar olib borilishi zarurligini ta'kidlamoqdalar. Bu esa ma'rifatparvar jadid bobolarimiz hayotiga oid yangi ma'lumotlarga ega bo'lishga zamin yaratishi, shubhasiz.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bundan tashqari, investitsiya oqimini diversifikatsiya qilish uchun suveren islom obligatsiyalari – sukuk dasturini amalga oshirish boshlanadi.
Bular korxonalarimizga kelgusida kamida 10 milliard dollar qo‘shimcha kapital olib kelish uchun katta turtki beradi.
Shuningdek, xususiylashtirish doirasida shu yil 6 milliard dollarlik ko‘chmas mulk, korxonalardagi davlat ulushi va yer uchastkalari auksionga chiqariladi.
Davlatimiz rahbari mahalliy va xorijiy investorlarni bunday yangi imkoniyatlardan keng foydalanishga chorladi.
O‘zA