Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Oktabr, 2025   |   29 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:23
Quyosh
06:41
Peshin
12:13
Asr
15:51
Shom
17:37
Xufton
18:49
Bismillah
21 Oktabr, 2025, 29 Rabi`us soni, 1447

Yetim bolalarni qo'llab-quvvatlash maqsadida "Mehr daftari" joriy etildi

25.01.2022   1285   3 min.
Yetim bolalarni qo'llab-quvvatlash maqsadida

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan «Yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga qaratilgan «Mehr daftari» tizimini joriy etish tartibi to'g'risida»gi nizom tasdiqlandi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

Ushbu hujjatga muvofiq, etim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar tuman (shahar) hokimi qarori asosida «Mehr daftari»ga kiritiladi va undan chiqariladi.

«Mehr daftari» tizimiga kiritishning axborot tizimidan foydalanish va ma'lumotlarni kiritish tartibi Milliy gvardiya tomonidan belgilanadi.

2022 yil 1 fevralgacha mazkur axborot tizimi amaliyotga joriy etiladi.

O'quv-tarbiya muassasalari hamda tuman (shahar) hokimliklarining Bolalarni himoya qilish sho''balari «Mehr daftari»ni shakllantirishga mas'ul hisoblanadi.

«Mehr daftari»ga ma'lumotlarning bevosita kiritilishini qo'yidagi vazirlik va davlat tashkilotlari ta'minlaydi:

— Halq ta'limi vazirligi tomonidan uning tizimidagi Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchalari, Respublika bolalar o'quv-tarbiya muassasalari va Oilaviy bolalar uylari;

— Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan uning tizimidagi Bolalar uylari;

— «SOS» – O'zbekiston bolalar mahallalari» uyushmasi tomonidan uning tizimidagi bolalarni muqobil parvarish qilish xizmatlari, yoshlarga hamrohlik qilish xizmatlari va ijtimoiy
etimlikning oldini olish xizmatlari tarbiyalanuvchilari va bitiruvchilari to'g'risidagi;

— tuman (shahar) hokimliklarining Bolalarni himoya qilish sho''balari tomonidan vasiylikka (homiylikka, patronatga) olingan etim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar to'g'risidagi.

Daftarga kiritilgan bolalarning muammo (ehtiyoj, qiziqish)lari tegishli tartibda o'rganiladi.

«Mehr daftari»ga kiritilgan bolalarni qo'llab-quvvatlash ishlari quyidagilar tomonidan muvofiqlashtiriladi:

— tuman (shahar) hokimligining Bolalarni himoya qilish sho''basi tomonidan manfaatdor davlat organlari va tashkilotlar bilan birgalikda;

— Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyatlari tomonidan manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda;

— Vazirlar Mahkamasining Bolalarni himoya qilish masalalari sho''basi va Milliy gvardiya tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda.

Hujjatga ko'ra, etim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar 25 yoshga to'lganda tegishli qaror asosida «Mehr daftari»dan chiqariladi.

Bunda daftardan chiqarilayotgan shaxslarning bandligi ta'minlangan va uy-joyi mavjud bo'lishi shart. Bandligi ta'minlanmagan holatlarda «Mehr daftari» hisobida turish muddati bandligi ta'minlangunga qadar, biroq 5 yildan ortiq bo'lmagan muddatga uzaytiriladi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Juma kuni tutsa bo‘ladimi?

20.10.2025   1386   1 min.
Juma kuni tutsa bo‘ladimi?

Savol: Dovud alayhissalom ro‘zasi haqida tushuncha bersangiz, uni juma kuni ham tutsa bo‘ladimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Dovud alayhissalom ro‘zasi haqida Imom Buxoriy rahimahulloh quyidagi hadisni rivoyat qilganlar:

Abul Abbos Makkiy aytadi: “Men Abdulloh ibn Amr ibn Oss roziyallohu taolo anhumoning shunday deganini eshitdim: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam menga: “Sen doimo ro‘za tutar va kechalari ibodat qilar ekansan?” – dedilar. Men: “Ha”, dedim.

U zot alayhissalom: “Agar sen shunday qilsang, ko‘zing zaiflashib, nafsing toliqadi. Kim yil bo‘yi ro‘za tutsa, ro‘za tutmabdi. Har oyda uch kun ro‘za tutish – yil bo‘yi ro‘za tutish kabidir, dedilar.

“Men bundan ham ko‘prog‘iga qodirman”, dedim.

U zot alayhissalom: “Unda Dovud alayhissalomning ro‘zasini tut, u kishi bir kun ro‘za tutar va bir kun og‘zi ochiq bo‘lar hamda dushmanga yo‘liqqanda qochmas edi”, dedilar.

Kimdir mazkur hadisga amal qilib, Dovud alayhissalom ro‘zasini tutayotganda uning ro‘zasi juma kuniga to‘g‘ri kelib qolsa, hech karohiyatsiz joiz bo‘ladi.

Kishining nafl ro‘za tutishga odatlangan kunlari yoki Ashuro kuni kabi fazilatli ro‘zalar juma, shanba yoki yakshanba kunlaridan biriga to‘g‘ri kelib qolsa, shu kuni ro‘za tutishi durust bo‘ladi. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.