Hurmatli foydalanuvchilar! Ilm izlash – banda uchun sharaf, uni osonlashtirish esa xayrli amaldir. Shu maqsadda Fatvo.uz (https://t.me/diniysavollar) telegram kanalida sizlarga yana bir qulaylik taqdim etilmoqda.
Endilikda sun’iy intellekt asosida ishlovchi izlash xizmati – @fatvo_uzbot ishga tushirildi. Ushbu bot orqali Siz Fatvo.uz (https://t.me/diniysavollar) telegram kanalda mavjud fatvolarni tez va aniq topishingiz mumkin bo‘ladi.
Buning uchun Siz o‘zingizni qiziqtirgan savolni qisqa shaklda @fatvo_uzbot ga yuborishingiz kerak bo‘ladi. Bot intellektual tahlil asosida savolingizning javobini kanalda mavjud ma’lumotlardan taqdim etadi.
Alloh taolo ilm yo‘lidagi sa’y-harakatingizni ulkan ajrlar bilan mukofotlasin va bu xizmat barchaga xayr va foyda keltirsin!
Ulashing: @diniysavollar
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati