Avval, 2022 yil 22, 25 va 28 yanvar' kunlari Toshkent shahridan Saudiya Arabistonidagi Jidda shahriga o'zbekistonlik ziyoratchilarni umra ibodatlarini ado etish uchun reyslar amalga oshirilishi haqida xabar berilgan edi. Allohga shukrki, 22 yanvar' kuni 1-reys parvozi Saudiya Arabistoniga muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Bugun O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Holiqnazarov va Din ishlari bo'yicha qo'mita raisining birinchi o'rinbosari Muzaffar Komilov tomonidan “O'zbekiston 24” telekanaliga berilgan interv'yuda umra ziyorati uchun 2022 yil 1 fevraldan Saudiya Arabistoniga har kuni bittadan reys, 10 fevraldan esa har kuni 2 ta reys va Ramazon oyi davomida har kuni 3 tadan reys amalga oshirilishi ma'lum qilindi.
Alloh taolo ne'matlarini bundan-da ziyoda etsin!
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
muslim.uz #umra2022
@muslimuzportal | @mp3muslim | @diniysavollar
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: «(Umrida) aslo yaxshilik qilmagan bir kishi o‘z ahliga: «O‘lsam, (jasadimni) kuydirib, yarmini quruqlikka, yarmini dengizga sochib yuboringlar. Allohga qasamki, agar Alloh meni topib olsa, hech kimga bermagan azobi bilan azoblaydi», dedi.
O‘sha odam o‘lgach, buyurganidek qilishdi. Alloh quruqlikka buyurdi, u (kulning) o‘zidagi qismini to‘pladi, so‘ng dengizga buyurdi, u ham uning o‘zidagi qismini to‘pladi. Keyin U Zot: «Nega bunday qilding?» dedi. U: «Sendan qo‘rqqanimdan, yo Robbim! Axir O‘zing bilguvchisan!» dedi. Shunda Alloh uni mag‘firat qildi» (Imom Muslim rivoyati).